Falastin ozodlik tashkiloti (FOT) — 1964-yil 28-mayda tuzilgan. Quddus shahrida va arab mamlakatlarida quvgʻinda boʻlgan barcha falastin arablarining vakolatlarini ifoda etgan tashkilot. Oliy organi — Falastin Milliy kengashi ijroiya qoʻmitasi. Tashkilot rahbarligiga Ahmad Shukeyri saylangan. FOT ijroiya qoʻmitasining keyingi raislari Yosir Arafot (1969—2004), Mahmud Abbos (2004-yildan). FOTning asosiy maqsadi "demokratik va dunyoviy Falastin davlati"ni tuzishdir. 1974-yil oktabrda arab davlatlari boshliklarining Rabot shahri (Marokash)dagi anjumanida