Familia kubalik-amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Camila Cabelloning uchinchi studiyaviy albomidir. 2022-yilning 8-aprelida Epic Records leybli tomonidan eʼlon qilingan. Cabello albomni 2020- va 2021-yillar oraligʻida, koronavirus pandemiyasi paytida produserlar — Mike Sabath, Ricky Reed va Cheche Alara bilan birgalikda yozgan.

Familia
Camila Cabello albomi
Chiqarilgan sanasi 8-aprel, 2022-yil(2022-04-08)
Yozib olingan sanasi 2020–2021
Davomiyligi 34:21
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Leybl Epic
Camila Cabello xronologiyasi
Romance
(2019)
Familia
(2022)

Albomdan avval ikki singl ommaga taqdim etildi: birinchisi, „Donʼt Go Yet“ singli boʻlib, bu ashula koʻplab mamlakatlar musiqiy chartlariga kirdi, Billboard Hot 100 chartida esa qirq ikkinchi oʻrinni egalladi. Keyingisi, „Bam Bam“ singli boʻlib, ushbu ashula ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisi Ed Sheeran bilan birgalikda ijro etilgan. Familia albomida Cabello Willow, María Becerra va Yotuel kabi xonandalar bilan duet ham ijro etgan.[1]

Trek-list tahrir

Familia albomi treklari roʻyxati[2]
NomiMuallif(lar)Produser(lar)Davomiyligi
1.„Familia“   
2.„Celia“   
3.„Psychofreak“ (featuring Willow)   
4.„Bam Bam“ (featuring Ed Sheeran)
3:26
5.„La Buena Vida“   
6.„Quiet“   
7.„Boys Donʼt Cry“   
8.„Hasta los Dientes“ (featuring María Becerra)   
9.„No Doubt“   
10.„Don't Go Yet“
  • Reed
  • Sabath
2:45
11.„Lola“ (featuring Yotuel)   
12.„Everyone at This Party“   

Reliz tarixi tahrir

Hudud Sana Format Leybl
Turli davlatlar 8-aprel 2022-yil
Epic

Manbalar tahrir

  1. „Familia by Camila Cabello“ (en). Genius. Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
  2. „Camila Cabello - Familia Hoodie Box Set“. Camila Cabello Official Store. Qaraldi: 4-mart 2022-yil.