Karla Camila Cabello Estrabao (talaffuzi: Karla Kamila Kabeyo Estrabao; 3-mart 1997-yilda tugʻilgan)[1] asli kubalik boʻlgan amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavisdir. U 2012-yilda The X Factor USA teleshousida tashkil etilgan Fifth Harmony nomli qizlardan iborat guruh aʼzosi oʻlaroq shuhrat qozonib, Syco Music va Epic Records studiyalari bilan shartnoma imzoladi. Fifth Harmony guruhi aʼzosi boʻlgan paytda, Cabello Shawn Mendes bilan birgalikda ijro etgan „I Know What You Did Last Summer“ va Machine Gun Kelly bilan birgalikda ijro etgan „Bad Things“ singllarini chiqarib, yakkaxon artist sifatida karyerasini boshladi. Yuqoridagi ikki singldan ikkinchisi Billboard Hot 100 chartida toʻrtinchi pogʻonadan oʻrin ham oldi. Cabello 2016-yilning oxirlarida guruhni tark etib, koʻplab ashulalarni, jumladan Pitbull bilan birgalikda ijro etgan „Hey Ma“, J Balvin bilan birgalikda ijro etgan Forsaj 8 filmi uchun soundtrack (2017) hamda ilk solo singli boʻlmish „Crying in the Club“ ashulalarini ommaga havola etdi.

Camila Cabello

Cabello 2020-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Karla Camila Cabello Estrabao
3-mart 1997-yil (1997-03-03) (27 yosh)
Cojímar, Gavana, Kuba
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
Leybl
  • Epic
  • Syco
Janr pop musiqa, zamonaviy ritm va blyuz va Latin pop
Hamkorligi
Faoliyat yillari 2012 – hozirgacha
Veb-sayt camilacabello.com
Imzosi

Cabelloning ilk studiyaviy albomi Camila (2018) boʻlib, Billboard 200 chartida birinchi oʻrinni egallab, choʻqqiga erishdi. Albom musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilanib, Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (inglizcha: Recording Industry Association of America) tomonidan platina sertifikatini qoʻlga kiritdi.[2] Albomning yetakchi singli boʻlmish „Havana“ ashulasi AQSh va Birlashgan Qirollik kabi bir qancha mamlakatlar musiqiy chartlarida choʻqqiga erishdi. Albomdagi „Never Be the Same“ singli ham koʻplab davlatlar chartlarida yuqori oʻntalikka kirdi. Cabelloning 2019-yilda chiqarilgan „Señorita“ (Mendes bilan duet) ashulasi uning Billboard Hot 100 chartida choʻqqiga erishgan ikkinchi singli boʻldi. Ikkinchi studiyaviy albomi — Romance (2019) Billboard 200 chartida uchinchi, Kanadada esa birinchi oʻrinni band etdi. U aktrisa sifatida ham oʻzini sinab koʻrdi, jumladan 2021-yilda tasvirga olingan Cinderella filmida bosh (titular) rolni ijro etdi. Cabelloning uchinchi studiyaviy albomi Familia boʻlib, 2022-yilda chiqarilishi kutilmoqda. Albomning yetakchi singli boʻlmish „Donʼt Go Yet“ 2021-yilning iyulida albom nomi bilan birga ommaga taqdim etildi.[3]

Xalqaro fonografiya sanoati federatsiyasi koʻra, Cabello musiqiy platformalarda milliardlab streamlar toʻplagan boʻlib, uning „Havana“ ashulasi 2018-yilning eng koʻp sotilgan raqamli singli boʻldi. Cabello koʻplab yutuqlarga, jumladan ikki marta Latin Grammy Awards, besh marta American Music Awards va bir marta Billboard Music Awardga sazovor boʻlgan. 2021-yilning oktyabrida „Havana“ olmos sertifikatni qoʻlga kiritib,[4] buning ortidan Cabello ushbu sertifikatni olgan ilk hispanik ayol boʻldi.[5]

Diskografiyasi tahrir

Turnelari tahrir

 
Cabello 2013-yilda (Tampa, Florida, AQSh)
  • Never Be the Same Tour (2018)

Filmografiyasi tahrir

Film tahrir

Yil Nom Rol Izohlar
2015 Taylor Swift: The 1989 World Tour Live Oʻzi Konsert film
2018 Taylor Swift: Reputation Stadium Tour Oʻzi Konsert film
2020 Shawn Mendes: In Wonder Oʻzi Hujjatli film
2021 Cinderella Cinderella[10][11] Musical film

Televideniye tahrir

Yil Nom Rol Izohlar
2012-2013 The X Factor Oʻzi Qatnashchi: 2-mavsum
Mehmon: 3-mavsum 1-qism
2014 Faking It Oʻzi Qism: „The Ecstasy and the Agony“
2015 Barbie: Life in the Dreamhouse Oʻzi Qism: „Sisters' Fun Day“
2016 The Ride Oʻzi Qism: „Fifth Harmony“
2017 One Love Manchester Oʻzi Maxsus ishlangan telefilm
2018 Dancing on Ice[12] Oʻzi Mehmon: 1-qism
2019 Saturday Night Live Oʻzi Mehmon: 45-mavsum 3-qism
2019 The Kacey Musgraves Christmas Show Oʻzi Maxsus ishlangan telefilm
2020 Saturday Night Takeaway Oʻzi Mehmon: 16-mavsum 1-qism
2020 iHeart Living Room Concert for America Oʻzi Konsert film
2020 One World: Together at Home Oʻzi Maxsus ishlangan telefilm
2021 The Voice Oʻzi Team Legend Battle Round Advisor

Web tahrir

Yil Nom Rol Izohlar
2018 Camila Cabello: Made in Miami Oʻzi Qisqa hajmli hujjatli film
2018 King of the Golden Sun Addison Jones 2 qism
2020 Dear Class of 2020 Oʻzi Web teleserial
2020 Priceless Experiences at Home[13] Oʻzi 2 qism

Manbalar tahrir

  1. Braidwood, Ella „21 geeky facts about Camila Cabello“. NME (6-mart 2018-yil). Qaraldi: 6-fevral 2019-yil.
  2. „American certifications – Camila Cabello“ (en). Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi. Qaraldi: 23-sentyabr 2021-yil.
  3. „Camila Cabello announces new album 'Familia', shares single 'Don't Go Yet'“ (en-GB). NME (2021-yil 23-iyul). Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.
  4. Mier, Tomás „Camila Cabello Joins Cardi B as the Only Latinas with a Diamond-Certified Song, Thanks to 'Havana'“ (en). PEOPLE.com (4-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.
  5. Montalván, Karla „Camila Cabello is the First Hispanic Woman Honored With Diamond-Certified Single Award“ (es). People en Español (5-oktabr 2021-yil). 2021-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.
  6. Caulfield, Keith (21–yanvar 2018–yil). „Camila Cabello Debuts at No. 1 on Billboard 200 Albums Chart“. Billboard. Qaraldi: 21–yanvar 2018–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  7. Stubblebine, Allison. „Camila Cabello Reveals Release Sana For Self-Titled Debut Album: 'Feels Like the End of a Chapter'“ (5-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 5-dekabr 2017-yil.
  8. @Camila_Cabello. „December 6. #RomanceIsComing ♥️ camilacabello.lnk.to/CCRomance“ (13-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2019-yil.
  9. Kaufman, Gil (13–noyabr 2019–yil). „Camila Cabello Sets Release Sana for 'Romance,' Announces Tour Sanas“. Billboard. Qaraldi: 13–noyabr 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  10. Cordero, Rosy „'Cinderella': Camila Cabello & Billy Porter On The Magic Of Modern Fairytales“ (en-US). Deadline (2021-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
  11. Gyarkye, Lovia „Camila Cabello and Billy Porter in Amazon's 'Cinderella': Film Review“ (en-US). The Hollywood Reporter (2021-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
  12. Iasimone, Ashley (18–fevral 2018–yil). „Camila Cabello Lights Up 'Dancing on Ice' With 'Never Be the Same'. Billboard. Qaraldi: 8–mart 2018–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  13. „Camila Cabello kicks off her "Priceless Experience at Home" at 5 p.m. today“. ABC News Radio. 2020-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-may 2020-yil.

Havolalar tahrir