Fargʻona okrugi
Oʻzbekiston SSR okrugi
Fargʻona okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik.
| ||
okrug | ||
---|---|---|
Tegishli | Oʻzbekiston SSR | |
Maʼmuriy markazi | Qoʻqon | |
Asos solingan sanasi | 1926-yil | |
Bekor qilingan sanasi | 1930-yil 30-iyul | |
Aholi | 674,1 ming kishi (1926) | |
Maydoni | 11 ming km² | |
Xaritada |
Tarixi
tahrirFargʻona okrugi 1926-yilda tashkil topgan[1]. Markazi Qoʻqon shahri.
1929-yilga kelib okrug tarkibida 11 ta tuman boʻlgan: Oltiariq, Bagʻdod, Beshariq, Buvayda, Qoʻqon, Quva, Qudash, Margʻilon, Rishton, Fargʻona, Chust.
1930-yil 30-iyulda SSSRning aksariyat okruglari singari Farg‘ona okrugi ham tugatildi. Uning tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi.
Aholisi
tahrir1926-yilda okrug aholisi 674,1 ming kishi boʻlgan. Jumladan, o‘zbeklar 80,5%, tojiklar 9,4%, ruslar 3,9%, qirgʻizlar 1,9% tashkil qilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Аdministrativnoye deleniye Soyuza SSR (rus tilida), Moskva, 1929.
- ↑ „Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1926 goda. Natsionalniy sostav naseleniya po regionam respublik SSSR“ (rus tilida).