Fargʻona politexnika instituti
Fargʻona politexnika instituti — xalq xoʻjaligi uchun malakali muhandislar, iqtisodchilar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent politexnika instituti umumtexnika fakulteti negizida 1967-yilda tashkil qilingan. Institutda 7 ta fakultet mavjud: Qurilish, mexanika-mashinasozlik, energetika, Kompyuterlash Loyihalash tizimlari, ishlab chiqarishda boshqaruv, yengil sanoat, kimyotexnologiya, sirtqi va boshqa boʻlim hamda asbobsozlik markazi bor. Unda 33 ta kafedra, 15 ta ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi faoliyat koʻrsatadi. Institut qoshida instituternatlitseyi, „Yormozor“ akademik litseyi, Iqtisodiy mintaqaviy markazi, tayyorlov kurslari mavjud. Institutda 20 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 12 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. Kutubxonasida 200 mingdan ortiq asar saqlanadi. 2002/03 oʻquv yili institutda 5000 ga yaqin talaba oʻqidi, 394 oʻqituvchi, shu jumladan, 24 ta fan doktori va professor ishladi. Institut tashkil qilinganidan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlangan. Institutda 4 yoʻnalish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Institutda yaratilgan fan va texnika yangiliklari Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi, „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi, „Quvasoysement“ AJ, „Kvars“ AJ va boshqa korxonalarda tatbiq etilgan. Institut qoshida madaniyat saroyi, talabalar uyi, profilaktoriy, dam olish maskanlari, sport inshootlari bor. Institut Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston oliy oʻquv yurtlari, AQSH, Angliya, Germaniya, Belgiya, Koreya, Hindiston oʻquv yurtlari va ilmiy markazlari, koʻpgina xalqaro jamgʻarmalar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Institut faoliyati M. A. Ikromov (Wayback Machine saytida 2022-11-13 sanasida arxivlangan), N.Yuldoshev, A.Mirzayev, N. M. Oripov, R. J. Tojiyev, I.Toʻxtarov, K. I. Kurpayanidi va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq[1].
Xalqaro nomi |
Fergana Polytechnic Institute |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1967-yil |
Manzili |
150107, Farg'ona Shahar,
Farg'ona Ko'chasi 86-Uy |
Veb-sayti | www.ferpi.uz |
Yana qarang
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- ↑ „Fergana Polytechnic Institute“ (2022-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 13-noyabr.