Farhod Karimovich Davletov (1957.24.11, Xiva) — xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (2001), Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist (1995). Yoqimli, jozibali, keng koʻlamli ovoz sohibi. Toshkent davlat madaniyat institutini tugatgan (1985). Xonandalik sanʼati sirlari va Xorazm maqom yoʻllarini Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Yu. Jabborov, R. Qurbonov va ayniqsa, R. Jumoniyo’zovlardan urgangan. 1980—91-yillari Xiva tumanidagi turli ashula va raqs ansambllarida yetakchi xonanda, badiiy rahbar, Xiva sh.dagi 2 - madaniyat uyi direktori. 1991-yildan Xiva tumani 2- qishloq madaniyat uyi hamda "Feruz" maqom ansamblining badiiy rahbari. Repertuaridan asosan "Rost", "Dugoh", "Segox." kabi Xorazm maqom yoʻllari va suvoralari oʻrin olgan. Qozogʻistonda oʻtkazilgan Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati dekadasi qatnashchisi (1995), Gollandiyada gastrolda boʻlgan (1996). Respublika maqom ijrochilarining tanlovi laureati (3- oʻrin, 1987), K. Otaniyozov nomidagi Respublika tanlovi gʻolibi (1987).

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil