Farhod gidrouzeli - Sirdaryo oʻzaniga qurilgan (1943—48) gidrotexnika inshooti. Bekobod shahriyaqinida. Farhod gidrouzeli tarkibiga toʻgʻon, suv ombori, Farhod /ESkiradi. Toʻgʻon betonli oqova toʻgʻon va tuprokli toʻgʻondan iborat. Betonli oqova toʻgonning uz. 120 m, balandligi 28,5 m. Unga har birining eni 10 m boʻlgan 8 ta darvoza oʻrnatilgan. Maksimal suv sarfi 4430 m’/sek. Oʻng qismiga Dalvarzin kanali rostlagichi qurilgan (suv sarfi 69 m’/sek). Tuprokli toʻgʻon uz. 28 m, yuqori qismi eni 16,5 m, ustiga avtomobil yoʻli, chap qismiga eni 10 m boʻlgan 7 darvozali derivatsiya kanali rostlagichi qurilgan. Rostlagichning maksimal suv sarfi 470 m³/sek. Toʻgʻon Sirdaryo suvi sathini 23,6 m ga koʻtaradi va Farhod suv omborini hosil qiladi. Suv ombori uz. 28 km, eni 250–3000 m, hajmi 330 mln m³, oʻrtacha chuq. 7,2 m, suv sathi yuzasi 46 km². F.g.da 1943—49 yillarda Farhod GES qurilgan. F.g.dan Doʻstlik kanali va Janubiy Mirzachoʻl kanali boshlanadi.