Farid Usmon
Farid Usmon (1946-yil 1-avgust, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – taniqli sovet oʻzbek yozuvchisi, shoiri va dramaturgi[2]. Koʻplab kitoblar va sheʼriy toʻplamlar muallifi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. „Doʻstlik ordeni“ sohibi[3]. Hozirda „Kelajak“ gazetasida muharrir[4].
Farid Usmon | |
---|---|
Tavalludi |
1-avgust 1946-yil[1] |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Taʼlimi tahrir
Andijon davlat pedagogika institutining (hozirda Andijon davlat universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan (1964)[2]. Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Dunyo adabiyoti institutida tashkil etilgan kurslarda tinglovchi boʻlib qatnashgan[4] (1987–1989).
Asarlari tahrir
„Umid gulzori“ (1976), „Navosiz navo“ (1978), „Ul qaro koʻz boʻlmasa …“ (1979), „Sochlaringda tun uyqusi“ (1890), „Qadr kechasi“, „Jon qushi“ (1997), „Men kichikmas kattaman“, „Bir juft binafsha“, „„Oq oltin“ga koʻk chiroq“ sheʼriy toʻplamlari va „Ruh bulbuli“ (2009), „Husn dovoni“ (2006), „Yangi oy“ (2011), „Meni sev“ (2011) kitoblari muallifi[2].
Dramalari tahrir
Oʻzbekison teatrlari sahnalarida uning „Shahzod“, „Hovlidagi hangoma“ va boshqa dramatik asarlari sahnalashtirilgan[2]. „Oʻshal damlar“ qoʻshigʻi Farid Usmon sheʼriga kuy bastalab ijro etilgan.
Manbalar tahrir
- ↑ 1,0 1,1 „Рубрика: Фарид Усмон (1946)“ (ru). ziyouz.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Клуб выпускников“ (ru). adu.uz. Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
- ↑ Ubaydullayev, F. „Ikki buyuk dahoga taʼzim“. uza.uz (2021-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
- ↑ 4,0 4,1 „Фарид Усмон“ (ru). ferlibrary.uz (2021-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.