Oʻshal damlar

oʻzbek xonandasi Yahyobek Moʻminov ijro etgan qoʻshiq

Oʻshal damlar“ — oʻzbek xonandasi Yahyobek Moʻminov ijro etgan qoʻshiq. 1998-yil eʼlon qilingan. Ashula musiqasini Farid Usmon sheʼriga Moʻminovning oʻzi bastalagan. „Oʻshal damlar“ Moʻminov repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biri boʻlib, unga katta shuhrat olib kelgan[1].

„Oʻshal damlar“
Yahyobek Moʻminov qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1998
Janr anʼanaviy musiqa
Davomiyligi 4:03
Matn muallif(lar)i Farid Usmon
Bastakor(lar) Yahyobek Moʻminov
Klipi
„Oʻshal damlar“ YouTubeda

Moʻminov koʻpchilik undan qoʻshiqni oʻzi yozgani yoki ustoz sanʼatkorlar yozgani haqida soʻrashini aytgan. Ayrimlar hatto „Oʻshal damlar“ qoʻshigʻi kuyi „oʻgʻirlangan“ deb taxmin qilgan. Xonandaning soʻzlariga koʻra, qoʻshiqni oʻzbek milliy qoʻshiqlaridan ilhomlanib oʻzi yozgan[2]. Qoʻshiq uchun 1990-yillar yakunida hamda 2010-yillarning oʻrtasida ikki klip suratga olingan.

Manbalar tahrir

  1. Sattarov, Abduqodir „Яҳёбек мунажжимлар башоратига ишонади… ми?“. Дунё ўзбеклари (24-oktyabr 2016-yil). Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
  2. „Yahyobek Moʻminov bilan ochiq suhbat“. YouTube (22-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 29-avgust 2022-yil.

Havolalar tahrir