Farida Hamidovna Mansurova (1952-yil 2-may – 2021-yil 1-iyul) – Tojikistonlik fiziolog va ilmiy tadqiqotchi, gastroenterologiya boʻyicha tibbiyot fanlari doktori.

Farida Mansurova
Tavalludi 1952-yil 2-may
Vafoti 1-iyul 2021-yil(2021-07-01)
(69 yoshda)
Tojikiston
Fuqaroligi SSSR va Tojikiston
Taʼlimi Tojikiston davlat tibbiyot instituti
Kasbi Shifokor Gastroenterolog

Biografiyasi tahrir

Samarqand shahrida shifokor oilasida tugʻilgan Farida Mansurova Hamid Mansurov va Irina Mansurovalarning kenja farzandi boʻlgan. Farida Mansurova ilk taʼlimni tumanida joylashgan rus maktibida olgan.1959—1969-yillar davomida u mahalliy rus maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan. Oʻrta maktabni yakunlagach, Tojikiston davlat tibbiyot institutiga oʻqishga kirgan.

Farida Mansurova 1975-yilda Tojikiston davlat tibbiyot institutini tamomlagan va 1977-yilgacha shu muassasaning ichki kasalliklar boʻlimida internatura bosqichida tahsil olgan. 1977-yildan 1982-yilgacha Tojikiston davlat tibbiyot institutining klinikasi Gastroenterologiya boʻimida faoliyat yurtigan. Keyingi ish faoliyatini Gastroenerologiya ilmiy institutida Tibbiyot biokimyosi boʻlimi ilmiy xodim sifatida davom ettirgan. 1982-yildan boshlab 2002-yil yanvarigacha Tojikiston Davlat Tibbiyot Instituti biokimyo kafedrasini boshqargan. 1984-yilda Moskva Sechenov tibbiyot akademiyasida oʻzining ilmiy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1998-yilda Tojikiston Davlat tibbiyot institutida nomzodlik dissertatsiyasini aʼlo baholar bilan himoya qilgan va doktorlik unvonini qoʻlga kiritgan. 2002-yil 1-fevraldan boshlab Farida Mansurova Gastroenterologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining yordamchisi lavozimida faoliyat yurita boshlagan[1], ilmiy tadqiqot instituti direktor yordamchisi lavozimda 2010-yilgacha ishlagan. Keyinchalik esa Biologiya va amaliy tibbiyot markazi laboratoriyasida oʻz faoliyatini boshlagan[2].

Tojikiston Fanlar Akademiyasi aʼzosi Farida Mansurova oʻz faoliyati davomida oʻn beshta maqola[3] va jami 235 dan ortiq ilmiy ishlarga mualliflik qilgan. Farida Mansurova muallifligida uchta monografiya chop etilgan[4]. Farida Mansurova qoʻl ostida koʻplab talabalar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan.

Manbalar tahrir