Feteless yoki Fatelessness (veng.: Sorstalanság; oʻzbekcha  „Toleʼsizlik“) — adabiyot boʻyicha 2002-yilgi Nobel mukofoti sovrindori Imre Kerteszning 1960 — 1973-yillarda yozilgan va birinchi marta 1975-yilda nashr etilgan romani.

Fatelessness
Asl nomi Sorstalanság
Til Venger
Janr(lar)i Avtobiografik roman
Nashr etilgan sanasi 1975
ISBN 963-14-2388-3

Roman 14 yoshli vengriyalik yahudiyning Osvensim va Buxenvald konslagerlarida boshidan kechirganlari haqida hikoya qiluvchi yarim avtobiografik asar hisoblanadi. Kitob trilogiyaning birinchi qismi boʻlib, undagi voqealar "A kudarc" („Fiasko“ ISBN 0-8101-1161-6) va "Kaddis a meg nem született gyermekért" („Tugʻilmagan bola uchun janoza“ ISBN 1-4000-7862-8) kitoblarida davom etadi.

Imre Kertesz 2002-yilda „tarixning vahshiy oʻzboshimchaliklariga qarshi shaxsning nozik tajribasini dastaklagan asari uchun“ adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.

Kitob birinchi marta ingliz tiliga Christopher C. Wilson va Katharina M. Wilson tomonidan 1992-yilda Fateless nomi bilan, (ISBN 0-8101-1049-0 vaISBN 0-8101-1024-5), 2004-yilda Tim Wilkinson tomonidan Fatelessness (ISBN 1-4000-7863-6) nomi bilan tarjima qilindi. UK Edition nashriyotida Wilkinson tarjimasi „Fateless“ nomini saqlab qolgan holda chop etildi (ISBN 978-1-784-87215-1).

Syujeti

tahrir

Roman Budapeshtda yashovchi venger yigiti György „Gyuri“ Köves haqida. Kitobda Györgyning otasi mehnat lageriga yuborilayotgan paytdan boshlab hikoya qilinadi. Koʻp oʻtmay, György ish hujjatlarini olib, ishlash uchun yahudiylar kvartalidan chiqib ketadi. Bir kuni barcha yahudiylar o‘z mahallasida ketayotgan avtobuslardan tushirilib, suvsiz poyezdda Osvensimga jo‘natiladi. U yerga yetib kelgan György oʻzining yoshi nechadaligi haqida yolgʻon gapirib, oʻzi bilmagan holda oʻz hayotini saqlab qoladi va oʻquvchilarga lager hayoti hamda u yerda duch kelgan hodisalarini hikoya qilib beradi.

Oxir-oqibat, u Buxenvaldga yuboriladi va Zaytsdagi boshqa bir lagerga yuborilgunicha konslagerdagi hayotini hikoya qilishda davom etadi. György ogʻir kasal boʻladi, lekin tirik qoladi hamda urush tugaguniga qadar konslagerdagi kasalxonaga yuboriladi. Budapeshtga qaytgach, u lagerlarga yuborilmagan, dahshatli adolatsizlik va azob-uqubatlar haqida endigina eshita boshlagan odamlar bilan yuzma-yuz keladi.

Tahlil

tahrir

Fatelessness va Frans KafkaningJarayon“ romani oʻrtasida parallellikni uchratish mumkin. Ikkala romanda ham begunoh qahramonning bemaʼni tizim qurboni boʻlishi tasvirlanadi va Györgyning oʻz atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga yolgʻondan boʻlsa ham sabab qidirishi "Jarayon" qahramoni Jozef K.ning oxir-oqibat o‘z taqdiriga bosh egishiga o‘xshab ketadi.

Asarning Imre Kertesz ssenariysi asosida suratga olingan film versiyasi 2005-yilda Vengriyada rejissyor Lajos Koltai tomonidan ishlangan boʻlib, unda bosh rolni Marcell Nagy ijro etgan. Filmda, shuningdek, britaniyalik aktyor Daniel Creig Amerika armiyasi serjanti rolini oʻynagan[1].

Havolalar

tahrir
  1. „Fateless (2005)“. IMDb Internet Movie Database. Qaraldi: 2010-yil 27-noyabr.