Fatonat- yozuvchi, shoira. Shayxul Islom va "Lahjatul lugʻot" nomli mashhur lugʻat kitobining muallifi, Muhammad Asad ibn Ismoil Abu Is’hoq hazratning qizi va shayxul Islom Muhammad sharif hazratning singlisi Zubaydadir.

Hayoti va ijodi tahrir

Rum eli qozi askari va ulugʻlaridan boʻlgan Darvesh Hazratining nikohidagi ayol. U usmonli shoiralarining eng mashhurlaridan boʻlib, nozikfahm va maʼnoli sheʼr aytar ekan. Sadri Aʼzam Rogʻib posho bilan mushoirasi bor.
Fatonat va akasi Muhammadsharif Hazrati hijriy 1194 yili zulqaʼda oyida vafot etib, Abu Ayub Xolid Ansoriyning muborak qabriga yaqin joyga dafn etilganlar.
Fatonat Qurʼonni oʻrganib, ilm olish bilan shugʻullanib, Fiqh lugʻat va boshka ilmlarda xam yetuk boʻladi. U turkiy forsiy tillarda sheʼrlar yozib, adiblar diqqatini tortadi. Sultonlarni maktab yozgan sheʼrlari ham bor.
Fatonatning devoni otasi va akasining devonlari bilan birga bir muqova ostiga olingan holda chop etilgan. Tarixchi Abdulfazl Sayyid Muhammad Xalil Hazrati Murodiy "Silkul durar" nomli kitobida bu ayolning tarjimai holini yozar ekan, bunday deydi: "Istanbulga borganimda oʻz asarimda uning sheʼrlaridan parcha bermoqchi boʻldim. Shu maqsadda uning sheʼrlarini soʻraganimda sheʼrlar devonini berishdi, kerakli oʻrinlaridan nusxa koʻchirtirdim. Sheʼrlari yuksak saviyada yozilgan. Zamondoshlari orasida bunday shoira kam uchraydi. U yozganlarida yoqimli soʻzlarni qoʻllagan.

Quyidagi misralar Fatonat qalamiga mansub:

Bilmadik zavqi visoling chekmayincha furkating,
Oʻlmayincha xasta qadrin bilmaz odam sihatning.
Taʼbi noahla muvofiqdir sehrning gardishi,
Aqraba vobastadur sayr ila charxi soatning.
Gullar qizarar sharm ili ul gʻuncha gulunja,
Sunbul ham oʻlur rashk ili kokil bukulunja.
Anqo daxi oʻlursa dushar panjai ishki,
Saydi dila shohboz nigohing suzulunja.
Ul guncha oʻlur gul kibi xandon,
Shabnam kibi ashki dil shayd doʻkulunja.
Har tori biror mor oʻlur ganji kusida
Ruxsorki zulfi siyohing shona boʻlinja
Jon bermak esa qasding agar ishk ila Fatonat,
Xokdir dildordin ayrilma oʻlunja.

Fatonatning eri Darvesh Xazrati ilmu-hunar bobida xotinidan ancha quyida ekani rivoyat qilinadi.

Manbalar tahrir

[1]

  1. Faxriddin o'g'li, Rizouddin. Fatonat. Toshkent: Navro'z, 2019 — 249-250 bet.