Fors tili
Fors (Pors) tili yo Forscha, forsiy (porsiy) — hindevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining jan.gʻarbiy tarmogʻiga mansub til; asosan, Eronda (Eron Islom Respublikasining rasmiy tili hamda millatlararo aloqa tili).
Fors tili | |
---|---|
![]() | |
Milliy nomi | فارْسِى (fārsi) |
Mamlakatlar |
|
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 120 million |
Til oilasi | |
Alifbosi | arab, Kirill (tojik) alifbosi |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | fa |
ISO 639-2 |
per Fas |
ISO 639-3 | tg |
Fors tilining koʻplab lahja va shevalari boʻlib, tehron lahjasi ularning eng asosiysi va eng koʻp oʻrganilganidir. Bu lahja hozirgi adabiy Fors tiliga asos boʻlgan. Fonetik xususiyatlari: 6 ta unli harf, 2 ta diftong, 22 ta undosh fonema mavjud. Chuqur til orqa va boʻgʻiz undoshlari bor, urgʻu, odatda, oxirgi boʻgʻinga tushadi. Morfologik qurilishi analitik xususiyatga ega, kelishik va jins kabi grammatik kategoriyalar mavjud emas. Otlar son, aniklik va noaniklik kategoriyalariga, feʼllar shaxs, zamon, nisbat va mayl kategoriyalariga ega. Feʼl yagona tuslanish turiga ega va tuzilishiga koʻra sodda va qoʻshma feʼllarga ajraladi. Gapdagi soʻzlar aloqasida izofali tuzilmalar keng kullanadi. Kesim, asosan, ran oxirida, ega esa ran boshida, aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Leksikasining asosini sof eroniy soʻzlar tashkil etadi, lekin arabcha oʻzlashmalar ham juda koʻp (barcha leksikaning 50% igacha), shuningdek, turk, fransuz, ingliz va boshqa tillardan kirgan soʻzlar ham bor.
Fors tili qad. yozuv anʼanalariga ega, unda boy adabiyot mavjud. Dastlabki yodgorliklari 9-asrning 1-yarmiga mansub. Yozuvi arab alifbosi asosida, unga fors tiliga xos tovushlarni ifodalovchi 4 xarf qoʻshilgan holda shakllantirilgan.[1]
ManbalarTahrirlash
AdabiyotTahrirlash
- Rubinchik Yu. A., Sovremenniy persidskiy yazik, M., 1960; Peysikov L. S, Leksikologiya sovremennogo persidskogo yazika, M„ 1975.
HavolalarTahrirlash
- Fors tilini oʻrganing Arxivlandi 2019-05-13 Wayback Machine saytida. (olm.) (ingl.)
- Fors tili Arxivlandi 2012-12-09 Wayback Machine saytida.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |