Undosh tovushlar — ogʻiz va boʻgʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqlarga uchrab paydo boʻladigan, tarkibi faqat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovushlar. Ularning talaffuzida havo oqimi sirgʻalib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un paychalarini titratib yoki titratmay oʻtadi. Natijada turli jihatdan birbiridan farqli Undosh tovushlar hosil boʻladi. Dunyodagi har bir til oʻziga xos undoshlar tizimiga ega. Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm (lotincha: consonans — undosh tovush) deyiladi. Undosh tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Masalan, hozirgi oʻzbek adabiy tilida Undosh tovushlar soni 24 ta boʻlsa, boshqa tillarda bundan kam (mas, turk tilida 17 ta) yoki ortiq boʻlishi mumkin. Bu miqdor rus tilida 34 tani, fin tilida 14 tani tashkil etadi.

Undosh tovushlar bir necha jihatdan tasnif qilinadi: 1) ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra; 2) hosil boʻlish oʻrniga (nutq aʼzolarining ishtirokiga koʻra;3) hosil boʻlish usuliga koʻra; 4) palatalizatsiyaga (tilning qattiq tanglay tomon koʻtarilishiga) koʻra. Ushbu tasniflarni hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi 24 ta [b, v, g, d, j (jyuri), j (joʻja), y, k, l, m, n, ng, p, r, s, t, f, x, s, ch, sh, q, gʻ, h] Undosh tovushlar misolida koʻrib chiqish mumkin.

Ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra, Undosh tovushlar 2 asosiy turga boʻlinadi: sonorlar va shovqinlilar. Sonorlar (m, n, ng, l, r) tarkibida shovqinga nisbatan ovoz ustunlik qiladi. Sh o v qinlilar esa faqat shovqindan yoki shovqinga ovoz qoʻshilishidan qosil boʻladigan Undosh tovushlardir. Ovozning qatnashishi yoki qatnashmasligiga koʻra, shovqinli undoshlar ham 2 ga: jarangli undoshlar va jarangeiz undoshlarga boʻlinadi. Jarangli undoshlar (mas, b, v, g, d, z, y) shovqinga ovoz qoʻshilgan undoshlardir. Jarangsiz undoshlar esa (p, f, k, t, s, sh) faqat shovqinning oʻzidan iborat boʻladi.

Hosil boʻlish oʻrniga koʻra, Undosh tovushlar 3 ga boʻlinadi:lab undoshlari lablab undoshlari (p, b, m) va labtish undoshlari (v, f)dan iborat; til undoshlari — til oldi (b, p, d, t), til orqa (k, g), til oʻrta (y) va chuqur til orqa (q, gʻ, x) undoshlaridan iborat; boʻgʻiz undoshi (h).

Hosil boʻlish usuliga koʻra, Undosh tovushlar 4 ga boʻlinadi; portlovchilar — nutq aʼzolarining jipslashuvi va havo oqimi bosimining shu aʼzolarni yorib oʻtishi natijasida hosil boʻladigan p, b, t, d, k, g kabi undoshlar; sirgʻaluvchilar — nutq aʼzolari birbiriga yaqinlashib, havo oqimi shu tor oraliqdan sirgʻalib chiqishi natijasida hosil boʻladigan v, f, z, s, j, sh, x, gʻ kabi undoshlar; titroq tovush — til uchining yuqori milkka tegibtegmay titrashidan hosil boʻlgan r undoshi; affrikata — portlovchi tovush bilan sirgʻaluvchi tovushning yaxlit bitta tovush sifatida talaffuz qilinishidan hosil boʻlgan ch(t+sh), j(d+j), s(t+s) tovushlaridir.

Yana qara

tahrir

Adabiyot

tahrir
  • Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T., 1980; Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998.