Axmedov Fatulla (1918-yil 14-aprel, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 1944-yil 30-iyul, Sedlse shahri, Polsha) — 17-otliq diviziyasining komandiri, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni[1].

Fatulla Axmedov
Tavalludi 14-aprel, 1918-yil
Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafoti 30-iyul 1944-yil(1944-07-30)
(26 yoshda)
Sedlse shahri, Polsha
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1941—1944-yillar
Mukofotlari , Shon-sharaf ordeni

Biografiyasi

tahrir

Axmedov Fatulla 1918-yil 14-aprelda Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati – tojik. 1941-yildan Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasida xizmat qilgan. U Gʻarbiy Sibir, Bryansk, Belarus va Markaziy frontlarda xizmat qilgan. U pulemyotchi edi. Axmedov Fatulla 1942-yil Jizdra shahri yaqinida pulemyot bilan ikkita tankni yoʻq qilgan. U 1943-yil serjant harbiy unvonini oldi. Fatulla 1944-yil Belarusni ozod qilish uchun boʻlgan jangda qatnashdi. Jang mobaynida, Basedki qishlogʻi yaqinida pulemyoti bilan bitta tankni yoʻq qilishga erishdi. 1944-yil 14-yanvarda Bagrimovich qishlogʻida kuchli qurollangan qoʻshinga qarshi yutishni iloji yoʻq edi. Shu paytda, Axmedov Fatulla harbiy strategiya qoʻllab, dushmanning yon tomonidan oʻtib, pulemyot bilan zarba berdi. Ushbu qahramonligi uchun, 3-darajali „Shon-sharaf ordeni“ bilan taqdirlandi[2]. 1944-yil yoz oyida „Bagration operatsiyasi“ boshlandi. Iyul oyida sovet qoʻshinlari Polsha chegarasini kesib oʻtishdi. Shu paytda Axmedov Fatulla bir qancha harbiy mashina va tanklarga zarba bergan. Oʻzining safdoshlari orasida, „yoʻlbars“ laqabini oldi. Keyin, Polshaning Lukov shahri uchun boʻlgan jangda Axmedov va uning 3 safdoshi 11 nafar dushmanga qarshi jang qilishi kerak edi. Axmedovlar joylashgan binoni dushmanlari oʻrab olishib, jangni boshlashganida Axmedov ularga qarshi qattiq kurashdi va jarohat oldi. Biroq, Fatulla Axmedov va uning safdoshlarining harbiy taktikasi ish berdi.

Fatulla Axmedov 1944-yil 30-iyulda Sedlse shahri uchun boʻlgan jangda halok boʻladi.

SSSR Oliy Kengashi Sovetining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan Fatulla Axmedov „Sovet Ittifoqi Qahramoni“ oliy unvoni bilan taqdirlandi.

Manbalar

tahrir