Favio Enrike Alvares (ispancha: Favio Enrique Álvarez) — argentinalik professional futbolchi, UNAM Pumas klubi safida yarim himoyachi pozitsiyasida to‘p suradi, hozirda Talleres (Kordova) klubida safida ijara shartnomasi asosida o‘ynamoqda.

Favio Alvares
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Favio Enrike Alvares
Tavallud sanasi 23-yanvar 1993-yil (1993-01-23) (31 yosh)
Tavallud joyi Kordova, Argentina
Boʻyi 184
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Talares
Raqami 5

Klubdagi faoliyati tahrir

 
Alvares Los-Anjeles Gelaksi safida

Alvares o‘zining professional faoliyatini Talleres klubi safida boshlagan. 2010-yilga kelib u Talleres futbol klubining asosiy jamoasi safida debyut qiladi. 2015-yil boshida Alvares Defense and Justicia klubiga transfer qilinadi. Shu yilning 14-fevral kunida “Ximnasia La Plata” ga klubiga qarshi o‘yinda u Argentina Primerasida debyut qiladi[1]. 12-may kuni bo‘lib o‘tgan Kolonga qarshi bahsda Favio Defense and Justicia[2] tarkibida o‘zining birinchi golini uradi.

2016-yil boshida Alvares “Atletiko Sarmiento” klubiga o‘tadi. 9-fevral kuni Veles Sarsfildga qarshi o‘yinda u yangi jamoada debyut qiladi[3].

O‘sha yilning yozida Alvares “Atletiko Tucuman” ga o‘tadi. 20-dekabr kuni Tigre klubiga qarshi o‘yinda u yangi klubida debyut qiladi[4]. 2017-yil 13-mart kuni o‘zining sobiq jamoasi “Atletiko Sarmiento”ga qarshi o‘yinda Favio “Atletiko Tucuman” safida ilk golini uradi[5]. 2019-yilning yozida Alvares Amerikaning “Los-Anjeles Gelaksi” klubiga ijara asosida o‘tadi. 20-may kuni bo‘lib o‘tgan MLSdagi[6] Kolorado Rapidsga qarshi o‘yinda u debyut uchrashuv o‘tkazadi. 30-may kuni "Sporting Kanzas Siti" ga qarshi o‘yinda Favio "Los-Anjeles Gelaksi" safida o‘zining birinchi golini uradi[7].

2020-yil boshida Alvares Meksikaning UNAM Pumas klubiga ijara asosida o‘tadi. 12-yanvar kuni bo‘lib o‘tganPachukaga qarshi o‘yinda u Meksika Primerasida debyut qiladi[8] oradan biroz vaqt o‘tgach 17-yanvar sanasida Xuaresga qarshi o‘yin davomida Favio UNAM Pumas klubi uchun o‘zining birinchi golini uradi[9]. Ijara muddati yakunlangach, klub futbolchini sotib oladi.

Manbalar tahrir

  1. „Химнасия и Эсгрима Ла-Плата VS. Дефенса и Хустисия 0:1“ (en). soccerway.com (2015-02—14). 2022-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  2. „Дефенса и Хустисия VS. Колон 2:3“ (en). soccerway.com (2015-05—12). 2022-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  3. „Атлетико Сармьенто VS. Велес Сарсфилд 1:0“ (en). soccerway.com (2016-02—09). 2022-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  4. „Тигре VS. Атлетико Тукуман 0:0“ (en). soccerway.com (2016-12—20). 2022-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  5. „Атлетико Тукуман VS. Атлетико Сармьенто 2:1“ (en). soccerway.com (2017-03—13). 2022-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  6. „Лос-Анджелес Гэлакси VS. Колорадо Рэпидз 0:1“ (en). soccerway.com (2019-05—20). 2022-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  7. „Спортинг Канзас-Сити VS. Лос-Анджелес Гэлакси 0:2“ (en). soccerway.com (2019-05—30). 2022-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  8. „УНАМ Пумас VS. Пачука 2:1“ (en). soccerway.com (2020-01—12). 2022-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  9. „Хуарес VS. УНАМ Пумас 4:4“ (en). soccerway.com (2020-01—17). 2022-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.