Fayzi Shohismoil
Fayzi Shohismoil (10-noyabr 1938-yilda tugʻilgan) — shoir, jurnalist va tarjimon. Bolaligi Oʻzbekistonning Samarqand viloyati Mitan (hozirgi Ishtixon) tumanida oʻtdi. Soʻngra Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida oʻsib ulgʻaydi. Harbiy xizmatda boʻldi. Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini bitirdi. Respublika markaziy gazetalarida adabiy xodim, boʻlim mudiri, masʼul kotib, muxarrir oʻrinbosari, Oʻzbekiston teleradio kompaniyasida chet ellarga eshtirishlar radiostansiyasida boʻlim mudiri, bosh muharrir, direktor oʻrinbosari, „Jahon adabiyoti“ jurnalida masʼul kotib boʻlib xizmat qildi. Koʻplab sheʼrlari respublika, viloyat, tuman, gazetalarida chop etildi. Bolalar shoiri, xalqaro sharhlovchi, tarjimon sifatida tanildi. „Adashboy“, „Irmoqlar“, „Choʻqqi bilan suxbat“, „Bizning olam“, „Yigʻloqi bulut“, „Bahor qoʻshiqlari“ sheriy toʻplamlari bosib chiqdi. Bolalar va kattalar uchun oʻnlab qoʻshiqlar muallifi, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibidir.
Fayzi Shohismoil | |
---|---|
Tavalludi |
10-noyabr 1938-yil Ahiska, Gruziya SSR, SSSR |
Vafoti |
15-avgust 2015 (77) Toshkent Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Sovet Ittifoqi → Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika fakulteti |
Kasbi | shoir, jurnalist, tarjimon |
Mukofotlari |
Kitoblari
tahrir- „Adashboy“ she`rlar toʻplami 1973-yil.
- „Irmoqlar“ she`rlar toʻplami 1978-yil.
- „Yoshlik bayozi 80“ she`rlar toʻplami 1980-yil.
- „Mening uchqur toychogʻim“ she`rlar va ertaklar toʻplami 1985-yil.
- „Qoʻshiqlar toʻplami“ maktab yoshidagi bolalar uchun qoʻshiqlar toʻplami 1983-yil.
- „Bizning olam“ bolalar uchun she`rlar toʻplami 1988-yil.
- „Yigʻloqi bulut“ bolalar uchun she`rlar toʻplami 1991-yil.
- „Guldasta“ bolalar uchun she`rlar toʻplami 2010-yil.
- „Buvim ertak aytganda“ bolalar uchun she`rlar toʻplami 2020-yil.