Fayzulla Ahmedov
Fayzulla Ahmedov (28-avgust 1936-yil; Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasining xalq artisti (1999). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1958-yildan Muqimiy teatrining aktyori. Eng yaxshi rollari:
- Sulton („Jon qizlar“)
- Samandarov („Ujarlar“)
- Gersog Arsenio („Un ikkinchi kecha“)
- Jaynob Botir („Ravshan va Zulxumor“)
- Toshbolta („Toshbolta oshiq tadbirkor“)
- Haqquli („Nodirabegim“), Boltaboy („Quyovlar konkursi“)
- Otajon moryak („Super qaynona“) va boshqa video-filmlarda ham Bobo („Navoiy“), Darvesh Gov („Bobur“), Orif ota („Koʻngil koʻchalari“) kabi obrazlar yaratdi. „Akbarning sarguzashti“ (Jabbor), „Yolgʻiz yodgorim“ (Rahmonberdi) singari filmlarda suratga tushgan. Mingdan ortiq film dublyajida qatnashgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |