Federal hudud masjidi (malaycha: Masjid Wilayah Persekutuan) – Malayziyaning Kuala-Lumpur[1] shahrida joylashgan masjid. Bino Segambut tumanidagi Jalan Duta shahar chekkasi yaqinidagi Federal hukumat majmuasi yaqinida joylashgan.

Masjid
Federal hudud masjidi
malaycha: Masjid Wilayah Persekutuan
Federal hudud masjidi
Mamlakat  Malayziya
Hudud Kuala-Lumpur
Koordinatalar 3°10′19″N 101°40′16″E / 3.17194°N 101.67111°E / 3.17194; 101.67111 G OKoordinatalari: 3°10′19″N 101°40′16″E / 3.17194°N 101.67111°E / 3.17194; 101.67111 G O
Yoʻnalishi Shofiʼiylik
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli va Malay meʼmorchiligi
Minoralar soni 2

Tarixi tahrir

Kuala-Lumpurdagi Federal hudud masjidi 1998–2000-yillarda qurilgan. Bino Jalan Duta boʻylab joylashgan hukumat idorasi majmuasi yaqinidagi 5 gektar maydonda bunyod etilgan. Persekutuan viloyat (Federal hudud) masjidi 2000-yil 25-oktyabrda omma uchun ochilgan, uning boshqaruvi 12-Yang di-Pertuan Agong Said Sirojiddin ibni Jamolullaylga topshhirilgan. Ushbu masjid hukumat tomonidan shahar hududida qurilgan 44-masjid hisoblanadi. Inshoot bir vaqtning oʻzida 17 000 namozxonni sigʻdira oladi.

Arxitekturasi tahrir

Masjidning dizayni Usmonli va Malay arxitektura uslublarining uygʻunlashuvidan iborat boʻlib, Turkiyaning Istanbul shahridagi Ahmadiya masjididan taʼsirlangan holda yaratilgan. Binoning 22 gumbazi mavjud.

Manbalar tahrir

  1. „Federal Territory Mosque“.