Federatsiya minorasi
Federatsiya - Moskva xalqaro biznes markazining 13-hududidagi qurilgan koʻp qavatli binolar majmuasi.
Federatsiya minorasi | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | Kompleks |
Manzili | Moskva siti |
Shahar | Moskva |
Mamlakat |
![]() |
Qurilishi boshlangan | 2003-yil |
Qurilishi tugagan | 2017-yil |
Balandligi | |
Tomi |
Gʻarbiy minora 242,4 m Sharqiy minora 373,7 m |
Texnik holati | |
Qavatlar soni |
Gʻarbiy minora 62 ta Sharqiy minora 95 ta |
Binoning ichki maydoni | 443 000 kv.m. |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Sergey Choban va Pyotor Shvegen |
Vostok osmonoʻpar minosi Yevropadagi ikkinchi eng baland bino[1] Sankt-Peterburgdagi Laxta markazidan keyin turadi, lekin qavatlar soni boʻyicha ikkinchisidan oldinda[2]
Arxitektura loyihasini Sergey Tchoban Peter Shveger bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Qurilish "Federation Tower" YoAJ tomonidan amalga oshirildi.
Kompleks bir xil stilobat(zinapoya kabi) uslubida qurilgan turli balandlikdagi ikkita minoradan iborat:
- Vostok minorasi 95 qavatli bino. 2014-yil 25-noyabrda Federatsiya minorasi Rossiya va Yevropadagi eng baland bino deb tan olingan, Federatsiya majmuasi qurilayotgan Vostok minorasining yuqori belgisi 351 metrga etdi. Monolitik ramka qurilishi 2014-yil 9-dekabrda yakunlandi[3]. 2015-yil oxirida muhandislik ishlari va oynalash ishlari yakunlandi. Qurilish 2017-yil 15-noyabrda toʻliq yakunlandi. Federatsiya minorasi majmuasining meʼmoriy balandligi 2017-yilda 374 metrni tashkil qilgan. Baland binolar va shahar atrof-muhit boʻyicha xalqaro kengash (CTBUH) uni Yevropadagi eng baland osmonoʻpar bino deb tan oldi[4], ammo Sankt-Peterburgda Laxta markazi minorasi (462 metr) qurilganidan soʻng Federatsiya minorasi ikkinchi oʻringa yushdi[5].
- West Tower 62 qavatli bino. Balandligi 242,4 metr.
Majmua binolarining umumiy maydoni 442 915,2 kv.m. Yer uchastkasining umumiy maydoni 10 730 kv.m. Federatsiya majmuasida ofislar va kvartiralar joylashgan. Stilobad - 6 qavatli atrium - ofislar va savdo galereyasi bilan band.
Texnik shartlar va qurilish qoidalariTahrirlash
Federation Tower majmuasini qurishda dunyodagi eng qat'iy qurilish standartlari qoʻllanilgan. Qurilish texnologiyalari ustidan nazoratni Turner qurilish kompaniyasi, Mosgosstroynadzor[6], shuningdek, bir qator yetakchi qurilish ilmiy -tadqiqot institutlari amalga oshiradi: Beton va temir-beton ilmiy-tadqiqot instituti (NIIZhB)[7], Bino fizikasi ilmiy-tadqiqot instituti (NIISF), Melnikov nomidagi Qurilish metall konstruksiyalari markaziy ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti (TsNIIPSK). Davlat ixtisoslashtirilgan loyiha instituti (GSPI)[8].
Noyob texnik xususiyatlarTahrirlash
"Federatsiya" majmuasi uchun asos massiv beton plitaga asoslangan poydevor hisoblanadi. Uni quyish uchun 14 ming kub metr beton sarflangan, bu yutuq hatto Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritilgan[9].
Ikkala binoning barqarorligi poydevorda 1,4 metrli devorlarga ega boʻlgan kuchli beton yadro, shuningdek, har ikkala minoraga poydevordan yuqori qavatgacha kirib boradigan perimetr boʻylab joylashgan 25 ta ustunlar bilan ta'minlanadi. Poydevordagi har bir ustun 2 m x 1,4 m. Federatsiya majmuasining osmonoʻpar minoralarida har 25-30 qavatda yuqori mustahkam poʻlat konstruktsiyalardan yasalgan ustunli pollar mavjud. Tayanch qavatlari binolarning qoʻshimcha barqarorligini ta'minlaydi.
Federatsiya minorasi uchun nemis va xitoylik mutaxassislar tomonidan maxsus ishlab chiqilgan eng yangi oynalash tizimlari qoʻllanildi. Shishaning yuzasi quyosh radiatsiyasini aks ettiradi, shu bilan birga binodagi optimal haroratni saqlaydi. Zichlik jihatidan shisha gʻisht devorining issiqlikka chidamlilik parametrlariga yaqin. Minora ushbu texnologiyadan foydalana boshlagan paytda, u dunyodagi hech qanday osmonoʻpar binoda ishlatilmagan.
Federatsiya majmuasida 67 ta lift mavjud[10].
Innovatsiyalar va energiya samaradorligiTahrirlash
Rossiyada birinchi marta Federatsiya majmuasida quyidagilar oʻrnatildi:
- Lift tizimlari "twin" - innovatsion texnologiya boʻlib, bitta shaxtada yuqori tezlikda harakatlanadigan liftlarning ikkita kabinasidan foydalanishga imkon beradi, bu esa liftlarning umumiy samaradorligini 1,7 barobar oshiradi[10].
- Fasadning innovatsion "yashirin" operatsion tizimi (xuddi shunday tizim Dubaydagi dunyodagi eng baland Burj Xalifa osmonoʻpar binosida oʻrnatilgan). Tizim uzoqdan koʻzga koʻrinmas va shu bilan binoning me'moriy koʻrinishini buzmagan holda minoraning fasada tozalash va hizmat koʻrsatish ishlarini olib borosh imkon beradi.
- Federatsiya minorasi majmuasini qurishda jahon qurilishida qoʻllaniladigan deyarli barcha energiya tejamkor texnologiyalar qoʻllanilgan.
Qurilish tezligi va muddatiTahrirlash
2014-yilda qurilish tezligi oyiga 3 qavatni (12-15 metr) tashkil qilgan[11].
Qurilishning asosiy bosqichlari shartlari:
- monolit ishlarini yakunlash (95-qavat) - 2014-yil 9-dekabr
- 89-qavatda fasad ishlarini yakunlash ("tepasiz") - 2015-yil mart
- "Choqqisi" boʻyicha ishlarni yakunlash - 2016-yil sentabr
- Muhandislik tizimlari boʻyicha ishlarni yakunlash - 2016-yil 1-chorak
- majmuani foydalanishga topshirish - 2017-yil
Federatsiya minorasi binosi ekskursiya ob'ekti sifatida faol foydalanilmoqda, Moskva Siti hududidagi ikkinchi loyiha boʻlib, unda tajribali gid uning tarixi va oʻziga xosligi haqida batafsil aytib beradi. Shuningdek, "Federatsiya minorasi" dunyoda mashhur kino va video suratga olish platformasi sifatida (televidenie koʻrsatuvlari, reklama, kino[12]) mashhur. 2012-yilda "Moskva-24" kanali biznes majmuasi haqidagi hikoyani suratga oldi. Osmonoʻpar binoga bagʻishlangan film ham Discovery telekanali tomonidan 2009-yilda suratga olingan[13][14].
2010-yilgacha dunyodagi eng baland elektron soat binoga oʻrnatilgan edi - Federatsiya minorasi majmuasining Gʻarbiy minorasi jabhasida 229 m balandlikda joylashgan va Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi[15].
"Federatsiya minorasi" YoAJ Federatsiya minorasining qurilishini yakuniy bosqichlarini amalga oshirdi, foydalanishga topshirish muddati 2016-yil oʻrtalarida rejalashtirilgan edi.
2017-yil 15-noyabrda Federatsiya minorasi YoAJ matbuot xizmati Vostok minorasida (va shunga mos ravishda butun binolar majmuasida) qurilish ishlari tugallanganligini e'lon qildi[16].
Vostok minorasida yong'inTahrirlash
2012-yil 2-aprelda Vostok minorasida yongʻin chiqdi[17]. Binodagi yongʻinni bartaraf etish operatsiyasida Moskva aviatsiya markazining 25 yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi va 4 ta vertolyoti ishtirok etdi. Vertolyotlar jalb qilinganiga qaramay, uzoq vaqt davomida yongʻinni oʻchirishning imkoni boʻlmadi. Koʻp qavatli binoning yuqori qavati deyarli butun maydonni yondirdi. Yongʻin biznes markazidan oʻnlab kilometr uzoqlikda koʻrindi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, hodisada hech kim jabrlanmagan[18], binoga jiddiy zarar yetmagan. Ushbu yongʻin 2000-yilda Ostankino teleminorasidagi yongʻindan keyin bino ichidagi yongʻin balandligi boʻyicha Moskvadagi ikkinchi yongʻin bo'ldi.
ShpilTahrirlash
Shpil ("C" minorasi) majmuaning eng baland qismi boʻlishi va "Gʻarbiy" va "Sharqiy" minoralari oʻrtasida joylashgan boʻlishi kerak edi. Shpil ichida tashqi oynali ikkita tezyurar liftni joylashtirish rejalashtirilgan edi. Shpilning tuzilishi yarmidan ham kamroq qismi qurilgan[19]. Shpilning umumiy balandligi 506 metr boʻlishi kerak edi.
2014-yil 22-aprelda birinchi xalqaro koʻrgazmada "Yuqori dunyo. Moskva shahri. Rivojlanish istiqbollari" loyihasi mualliflaridan biri Sergey Tchoban oʻz nutqida bir qator sabablarga koʻra shpil qurilishidan voz kechishga qaror qilinganligini aytdi[20]. Shpilning qurilgan qismi uch yil ichida demontaj qilindi[19].
SovrinlarTahrirlash
2009-yil - Federatsiya biznes majmuasining Gʻarbiy minorasi Office koʻchmas mulki nominatsiyasida FIABCI Prix d'Exellence tanlovida gʻolib boʻldi.
2011-yil - Federatsiya minorasi "1-sonli biznes markazi" nominatsiyasida "Koʻchmas mulk bozori rekordlari" mukofotiga sazovor boʻldi.
2017-yil - European Property Awards mukofotlarining "Eng yaxshi koʻp funksiyali majmuasi"[21].
2019-yil - "1-sonli osmonoʻpar bino" Wayback Machine saytida arxivlandi (2021-03-02).
2019-yil - Federatsiya minorasi "Dunyoning eng yaxshi mulki"(Warld's Best Property) xalqaro mulk mukofotining (International Property Awards) Gran-prisini oldi[22].
Moskva sitidagi binolar bilan taqqoslamaTahrirlash
Qurilish jarayoniTahrirlash
Vostok minorasining 75-qavatidan manzaralarTahrirlash
uchinchi transport halqasining koʻrinishi
Moskva davlat universitetining koʻrinishi
oq uyning koʻrinishi
Moskva shahrining koʻrinishi
Krylatskoe koʻrinishi
Merkuriy minorasining koʻrinishi
ManbalarTahrirlash
- ↑ „В Москве достроили самый высокий в Европе небоскреб“.
- ↑ В Лахта-центре 87 этажей
- ↑ „Башню «Восток» в «Москва-Сити» введут в эксплуатацию летом 2016 года“. 18-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-dekabr 2014-yil.
- ↑ „The Global Tall Building Database of the CTBUH“.
- ↑ Самое высокое здание Европы теперь находится в Санкт-Петербурге. Новости. Первый канал
- ↑ „Проектирование и контроль монтажа инженерных систем в башне «Федерация» в г. Москве - портфолио компании «Д-Холдинг»“. d-hold.ru. 24-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Лаборатория 16: Лаборатория химических добавок и модифицированных бетонов“. НИИЖБ.
- ↑ „Специальные высокоточные геодезические измерения | АО "ГСПИ"“. oaogspi.ru. 24-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Почему здание "Федерация" попало в Книгу рекордов Гиннеса“. РИА Новости. Qaraldi: 24-dekabr 2016-yil.
- ↑ 10,0 10,1 „Лифты - Башня Федерация в Москва-Сити“. fedtower.ru. Qaraldi: 24-dekabr 2016-yil.
- ↑ BFM.ru. „Башню «Федерация» обещают полностью достроить до конца будущего года“. BFM.ru - деловой портал (27-may 2014-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2016-yil.
- ↑ „В «Духless-2» Данила Козловский вернется в «Москва-Сити»“. Известия. Qaraldi: 24-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Discovery Channel снял фильм о башне «Федерация»“. www.d-n.ru. Qaraldi: 24-dekabr 2016-yil.
- ↑ «Рожденные в катастрофах: Башня Федерация»
- ↑ „MIRAX установил рекорд Гиннесса“. Недвижимость Mail.Ru. 11-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-dekabr 2016-yil.
- ↑ В «Москва-Сити» достроили небоскрёб «Федерация»
- ↑ „Строящееся высотное здание центра "Москва-Сити" горит в столице“. РИА Новости. Qaraldi: 24-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Пожар на башне «Восток» комплекса «Федерация»“. positiverussia.com. Qaraldi: 24-dekabr 2016-yil.
- ↑ 19,0 19,1 Паруса без мачты: что за 15 лет произошло с башней «Федерация»
- ↑ „«Москва-Сити»: высокие перспективы :: Перемены :: Статьи“. archsovet.msk.ru. Qaraldi: 24-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Europe 2017 Award Winners 2017“. 20-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-yanvar 2018-yil.
- ↑ „"Лучшая в мире недвижимость" — гран-при International Property Awards“. propertyawards.net.
HavolalarTahrirlash
- Rasmiy sayti
- apartments.fedtower.ru — недвижимость в Башне Федерация
- Страница в facebook.com
- Instagram аккаунт
- Panorama 360, официальная смотровая площадка Москва Сити
- 26 марта 2020 - «Башня Федерация» будет полностью продезинфицирована от COVID-19 - официальный источник themoscowcity.com