Federico Balzaretti

professional italiya futbolchisi

Federico Balzaretti (1981-yil 6-dekabrda tugʻilgan) — italiyalik sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi, hozirda " Vicenza " futbol direktori lavozimida ishlaydi. Torino yoshlar jamoasida yetishib chiqgan, uning professional futbolchi sifatidagi ilk faoliyati Varese va Siena jamoalarida boshlangan.

Federico Balzaretti
Balzaretti UEFA Euro 2012 Italiya safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Federico Balzaretti
Tavallud sanasi 6-dekabr 1981-yil (1981-12-06) (42 yosh)
Tavallud joyi Turin, Italy
Boʻyi 1.78 m[1]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Vicenza (klub direktori)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Torino
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999-2005 Torino 94 (2)
1999-2001 Varese (ijara) 44 (0)
2001-2002 Siena (ijara) 16 (0)
2005-2007 Juventus 57 (2)
2007-2008 Fiorentina 6 (0)
2008-2012 Palermo 143 (3)
2012-2015 Roma 39 (1)
Milliy terma jamoa
2000 Italiya U20 23 (1)
2002 Italiy U21 4 (0)
2010-2013 Italiya 16 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati tahrir

Torino tahrir

Balzaretti futbolchilik faoliyatini 6 yoshida oʻz shahrining " Torino " klubida boshlagan va turli yoshlar jamoalarida oʻynagan.1999 va 2002-yillar oraligʻida viloyatning „Varese“ va „Siena“ jamoalariga ijaraga berildi [2] Balzaretti qisqa vaqt ichida, Torino klubining ramziga aylandi. [2]

Yuventus tahrir

2005-yil 15-avgustda Balzaretti "Yuventus" erkin agent sifatida shartnoma imzoladi. [3] „Bu qiyin qaror edi“, dedi Balzaretti. [2] Bu harakat Torino muhlislariga[4] xiyonati sifatida talqin qilindi.

Fiorentina va Palermo tahrir

 
Balzaretti „Fiorentina“ safida

Balzaretti 2007-yilning iyul oyida „Fiorentina“ ga 3,8 million evroga evaziga sotilgan. 2007/08-yilgi mavsumda A Seriyaning birinchi yarmida atigi oltita o‘yinda maydonga tushdi.

Roma tahrir

 
Balzaretti „Chelsi“ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida.

2012-yilning 1-avgustida Balzaretti „Roma“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi transferi klubga 4,5 million yevro tushdi. [5] U 2012/13-yilgi mavsumda Kataniyaga qarshi 2:2 hisobidagi durang oʻyinda debyut qilgan. [6] U 2013-yil 22-sentyabrda „ Latsio“ ga qarshi Derbi della kapital o‘yinida „Roma“ safidagi ilk golini kiritd. [7]

Faoliyati yakuni tahrir

2015-yil 12-avgustda Balzaretti professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi ikki yil davomida u son jarohati bilan kurashgan, lekin forigʻ boʻlaolmaganligi uchun 33 yoshida butunlay futbolni tark etishiga qaror qildi.

Terma jamoadagi faoliyat tahrir

 
Balzaretti Evro-2012 oʻyinlarida.

Balzaretti 2010-yil 17-noyabrda Ruminiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Chezare Prandelli boshchiligidagi Italiya terma jamoasi safida debyut qildi. U 2012-yilgi UEFA Evro-2012 uchun Italiya terma jamoasi safiga jalb etilgan. U Germaniyaga qarshi butun oʻyinni oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻtkazd. [8]

Oʻyin uslubi tahrir

Hujumkor chap qanot himoyachisi yoki yarim himoyachi sifatida ham oʻynashga ham qodir edi [9] Balzarettining asosiy ustinliklari uning tezligi, chidamliligi va toʻpni uzatish qobiliyati edi. [10][11][12] Taktik jihatdan koʻp qirrali futbolchi, u maydonning oʻng tomonida ham oʻynashga qodir edi. [13]

Shaxsiy hayot tahrir

Balzaretti taniqli italyan Balerina Eleonora Abbagnato bilan turmush qurgan ularning toʻyi 2011 yilning yozida Palermoda boʻlib oʻtdi. [14] Ularning ikki farzandi bor. Balzarettining oldingi munosabatlaridan ikkita farzandi bor. [15]

Yutuqlari tahrir

Klub tahrir

Yuventus [16]

  • B seriya: 2006-07

Roma [17]

  • Italiya kubogi: 2012-13 yilgi ikkinchi o‘rin

Terma jamoadagi faoliyat tahrir

Italiya [18]

  • UEFA Evropa chempionati: 2012 yilgi ikkinchi oʻrin

Shaxsiy sovrinlari tahrir

  • A Seriyaning eng yaxshi jamoasi: 2011-12 [19]

Manbalar tahrir

  1. „Player Profile“. uefa.com. Qaraldi: 2013-yil 23-iyul.
  2. 2,0 2,1 2,2 Bourne, Peter. Passion in the Piazza. Lulu.com, 18 September 2009 — 104 bet. ISBN 978-1-4116-8181-1. 2011-yil 9-aprelda qaraldi. 
  3. Bourne, Peter. Passion in the Piazza. Lulu.com, 18 September 2009 — 104 bet. ISBN 978-1-4116-8181-1. 2011-yil 9-aprelda qaraldi. 
  4. „Toro - Roma, la partita degli ex“ (it). toronews.net. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-aprel.
  5. A.S. Roma (2012-yil 1-avgust). „Operazioni di mercato: Federico Balzaretti“ (it). Press-reliz. 14-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2012-yil 3-avgust.
  6. Riccardo Pratesi. „Catania guastafeste di Zeman VIDEO Il 2-2 dell'Olimpico“ (it). La Gazzetta dello Sport (2012-yil 26-avgust). Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
  7. Maurizio Nicita. „Derby, trionfa la Roma: 2-0 sulla Lazio e primato solitario“ (it). La Gazzetta dello Sport (2013-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
  8. „Balotelli sends Italy past Germany“. UEFA.com (2012-yil 28-iyun). Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  9. „Francesco Coco gioca Palermo - Milan“ (it). Tutto Mercato Web. Qaraldi: 2014-yil 14-sentyabr.
  10. „Quanti nomi da segnare in questa Under 20“ (it). La Gazzetta dello Sport (2002-yil 17-may). Qaraldi: 2014-yil 14-sentyabr.
  11. „Palermo, quasi fatta per Gobbi“ (it). Tutto Palermo.net. Qaraldi: 2014-yil 14-sentyabr.
  12. „Palermo: Sulle fasce si riparte da Cassani-Balzaretti“ (it). Tutto Palermo.net. Qaraldi: 2014-yil 14-sentyabr.
  13. Marcello Scuderi. „Germania-Italia, novità sulla formazione: Balzaretti terzino destro“ (it). Tutto Palermo.net (2012-yil 28-iyun). Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
  14. „Eleonora Abbagnato e Federico Balzaretti: "Tutto sul nostro amore"“. Oggi (2013-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 1-yanvar.
  15. „Étoile Eleonora Abbagnato in isolation on Ibiza“. Gramilano (2020-yil 12-aprel).
  16. „F. Balzaretti“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 18-dekabr.
  17. „F. Balzaretti“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 18-dekabr.
  18. „F. Balzaretti“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 18-dekabr.
  19. „Gran Galà del Calcio Aic. E' Pirlo il migliore del 2012“ (it). Tutto Sport (2013-yil 27-yanvar). 2015-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.

Havolalar tahrir