Federico Mattiello

professional italiya futbolchisi

Federico Mattiello (1995-yil 14-iyulda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. „Atalanta“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Federico Mattiello
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 14-iyul 1995-yil (1995-07-14) (28 yosh)
Tavallud joyi Borgo a Mozzano, Italiya
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atalanta
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2014 Yuventus
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2018 Yuventus 2 (0)
2015—2016Chievo (loan) 4 (0)
2017—2018SPAL (loan) 19 (0)
2018- Atalanta 0 (0)
2018SPAL (loan) 10 (0)
2018—2019Bologna (loan) 17 (1)
2019—2020Cagliari (loan) 18 (0)
2020—2021Spezia (loan) 1 (0)
2022Alessandria (loan) 12 (0)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Italiya U-16 6 (1)
2011—2012 Italiya U-17 8 (0)
2014—2015 Italiya U-20 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6-may 2022-yil uchun)

Klub faoliyati tahrir

Yuventus tahrir

Lukka shahrida tugʻilgan Mattiello 13 yoshida „Yuventus“ yoshlar jamoasiga qoʻshildi, u yerda toʻrt mavsum davomida oʻynadi. Mattiello avval Valdottavoda ham oʻynagan edi[1]. U oʻsmirlik paytida isteʼdodli tennischi boʻlgan, lekin sportning futbol turini avzalroq koʻrgan[2]. U 2013-yilda „Yuventus Primavera“ jamoasi bilan Italiya kubogi va Superkubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[3].

2014-yilning 9-noyabrida „Parma“ jamoasini 7:0 hisobida magʻlubiyatga uchratilgan uchrashuvda Mattiello asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazdi. U ikkinchi boʻlim oxirida Klaudio Markizio oʻrniga zaxiradan maydonga tushirildi[4]. U 2015-yilning fevral oyida koʻproq oʻyin oʻtkazish uchun „Kyevo Verona“ga ijaraga beriladi, biroq 8-mart kuni „Roma“ga qarshi oʻyinda Radja Nainggolan oyogʻini sindirib olgani sababli uning ijara muddati qisqartirildi[5][6]. 2015-yilning 3-iyulida „Yuventus“ va „Kyevo“ oʻrtasida kelishuvga erishildi. Unga koʻra Mattielloning keyingi mavsum uchun ijara muddati belgilandi[7]. U 19-oktyabr kuni „Jenoa“ga oʻz uyida 3:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda maydonga tushdi[8]. Oradan uch kun oʻtib, u mashgʻulotlarda ogʻir jarohat oldi[9]. 2017-yilning iyul oyida Mattiello 2017-18-yilgi mavsum uchun SPALga ijaraga berildi[3].

Atalanta va ijaralar tahrir

2018-yilning 31-yanvarida Mattiello Atalanta bilan shartnoma imzoladi va u uni mavsum oxirigacha SPALda ijarada qoldirilishiga rozi boʻldi[10]. 2018-yilning 20-iyulidan 2019-yilning 30-iyuniga qadar „Atalanta“dan ijara asosida „Bolonya“ga oʻtdi[11]. 23-sentabr kuni u „Roma“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda faoliyatidagi ilk golini kiritdi[12]. 2019-yilning 10-iyulida Mattiello „Kalyari“ga ijaraga asosida oʻtdi[13]. 2020-yil 15-sentabrda u Spezia jamoasiga qoʻshiladi[14]. 2022-yilning 31-yanvarida Mattiello Alessandriyaga ijaraga berildi[15].

Xalqaro faoliyati tahrir

2010-yildan beri Mattiello Italiya terma jamoasi safida yoshlar jamoalarida 18 ta oʻyin oʻtkazdi. U 16 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oltita oʻyin va bitta gol (2010-yil 16-oktabrda Ukrainaga qarshi oʻyin), 17 yoshgacha boʻlganlar bilan sakkizta va 20 yoshgacha boʻlganlar bilan toʻrtta oʻyinni oʻtkazgan[16].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Yuventus 2014-15 A seriya 2 0 1 0 - - 3 0
Chievo (ijara) 2014-15 A seriya 3 0 0 0 - - 3 0
2015-16 1 0 0 0 - - 1 0
Jami 4 0 0 0 0 0 0 0 4 0
SPAL (ijara) 2017-18 A seriya 29 0 2 0 - - 31 0
Boloniya (ijara) 2018-19 A seriya 17 1 2 0 - - 19 1
Kalyari (ijara) 2019-20 A seriya 18 0 0 0 - - 18 0
Faoliyatidagi jami 70 1 5 0 0 0 0 0 75 1

Yutuqlar tahrir

Yuventus[17] Primavera tahrir

  • Primavera Italiya kubogi : 2012-13[18]
  • Supercoppa Primavera : 2013[3]

Terma jamoa tahrir

  • A Seriya : 2014-15, 2016-17
  • Italiya kubogi : 2014-15, 2016-17

Individual tahrir

  • Al Kass International Cup U-17 turnirining eng yaxshi futbolchisi: 2012-yil yanvar[19][20]

Manbalar tahrir

  1. Andrea Bonatti. „Mattiello, da Valdottavo allo Juventus Stadium“ (italyancha). Il Tirreno (14-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2018-yil.
  2. Simone Manzi. „Federico Mattiello: dal TC Bagni di Lucca alla Juventus FC in Serie A“ (italyancha). www.ubitennis.com (25-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2018-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Federico Mattiello in prestito alla Spal“ (italyancha). www.juventus.com (3-iyul 2017-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2018-yil.
  4. „Juve’s magnificent seven“. Football Italia (10-noyabr 2014-yil).
  5. „Nainggolan on Mattiello clash“. Football Italia (8-mart 2015-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2018-yil.
  6. Nicolò Schira. „Mattiello: "Con Nainggolan tutto chiarito, sono carico per tornare"“ (italyancha). La Gazzetta dello Sport (10-mart 2015-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2018-yil.
  7. Gianluca Losco. „UFFICIALE: Chievo, torna Mattiello in prestito con riscatto e controriscatto“ (italyancha). www.tuttomercatoweb.com (3-iyul 2015-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2018-yil.
  8. Alessandro De Pietro. „Chievo, riecco Mattiello 7 mesi dopo: "Ma ora basta parlare dell'infortunio"“ (italyancha). La Gazzetta dello Sport (21-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2018-yil.
  9. Alessandro De Pietro. „Chievo, non c’è pace per Mattiello. Frattura composta della tibia“ (italyancha). La Gazzetta dello Sport (22-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2018-yil.
  10. „Acquistato a titolo definitivo Mattiello, resterà in prestito alla Spal fino a fine stagione“ (italyancha). www.atalanta.it (31-yanvar 2018-yil). 21-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2018-yil.
  11. „Mattiello on loan to Bologna“ (italyancha). TuttoMercatoWeb.com. Qaraldi: 20-iyul 2018-yil.
  12. „Dalla Roma alla Roma: Mattiello festeggia il primo goal in A“ (italyancha). Goal.com (23-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 20-oktabr 2018-yil.
  13. „Official:Mattiello joins Cagliari“. Football Italia (10-iyul 2019-yil).
  14. „Atalanta, ufficiali Mattiello e Piccoli allo Spezia“ (italyancha). Corriere dello Sport (15-sentabr 2020-yil).
  15. Alessandria (31-yanvar 2022-yil). „GRIGI: ARRIVA FEDERICO MATTIELLO.“ (italyancha). Press-reliz. Qaraldi: 31-yanvar 2022-yil.
  16. „Convocazioni e presenze in campo - Mattiello Federico“ (italyancha). FIGC.it. 14-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-aprel 2018-yil.
  17. „F. Mattiello“. Soccerway. Qaraldi: 18-may 2017-yil.
  18. „Coppa Italia Primavera 2012/13“. Soccerway. Qaraldi: 18-iyul 2013-yil.
  19. „PSG have the will; Juventus show improvement“. Al Kass. 17-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2013-yil.
  20. „Al Kass Awards 2012 Results“. Al Kass. 4-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2013-yil.