Felipe Alejandro Gutiérrez Leiva (talaffuzi: Felip Aleksandro Gutiérrez Leiva) 1990-yil 8-oktyabrda Chilida tugʻilgan. „Kolorado Rapids“ jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaygan. Chili terma jamoasida oʻynagan. 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi.

Felipe Gutiérrez Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi

Felipe Alejandro Gutiérrez Leiva

Tugʻilgan

8-oktyabr 1990-yil(1990-10-08)[1][2][3](31 yosh)

Chili

Fuqaroligi
Boʻyi

170 sm[4]

Vazni

68 kg

Pozitsiyasi

hujumkor yarim himoyachi

Hozirgi jamaosi
Klub

Flag SShA Colorado Rapids

Raqami

13

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati

tahrir

Felipe Gutiérrez „Everton de Viña del Mar va Universidad Católica“ bitiruvchisi. 18 yoshida „Universidad Katolica“ning birinchi jamoasi tarkibiga kiritilgan. 2009-yil 22-iyunda „Santiago Morning“ga qarshi oʻyinda Gutiérrez Chili Primer ligasida debyut qildi[5]. Birinchi mavsumida u chempionatda bor yoʻgʻi ikki marta oʻynagan boʻlsa, keyingi mavsumdan boshlab u bazadan joy oldi. 2010-yilning 31-iyulida „OʻHiggins“ qarshi oʻyinda Gutiérrez „Universidad“ uchun birinchi golini urdi[6]. Oʻsha mavsumda u klubga milliy chempionatda va bir yildan soʻng Chili kubogida gʻalaba qozonishga yordam berdi.

2012-yil iyun oyida Felipe Gutiérrez gollandiyaning „Tvente“ga oʻtdi. Transfer summasi 3,7 million dollarni tashkil etdi. 2 avgust kuni Chexiyaning „Mladá“ jamoasiga qarshi Yevropa ligasi saralash bahsida u yangi klubi safida debyut qildi[7]. 12-avgust kuni „Groningen“ga qarshi bahsda Felipe Gutiérrez Erediviziyada debyut qildi[8]. 15-sentyabr kuni Villem II ga qarshi uchrashuvda u „Tvente“ uchun birinchi golini urdi[9].

2016-yilning yozida Felipe Gutiérrez Ispaniyaning „Betis“ klubiga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzoladi[10]. 20-avgust kuni „Barcelona“ga qarshi oʻyinda u La Ligada debyut qildi[11]. 21-oktyabr kuni „Osasuna“ga qarshi kechgan bahsda Felipe Gutiérrez „Betis“ safidagi ilk golini urdi[12]. 2017-yil boshida Felipe Gutiérrez oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Braziliyaning „Internacional“ klubiga ijaraga oʻtdi. 13-may kuni „Londrina“ga qarshi oʻyinda u Braziliya B seriyasida debyut qildi[13]. 9-sentyabr kuni „Yuventuda“ga qarshi kechgan bahsda Felipe Gutiérrez „Internacional“ safida ilk golini urdi[14].

Xalqaro faoliyati

tahrir

2010-yil 30-may kuni Felipe Gutiérrez Shimoliy Irlandiyaga o‘rtoqlik o‘yinida Chili terma jamoasi safida debyut qildi[15]. 2011-yilda mamlakat terma jamoasi tarkibida Felipe Argentinada boʻlib oʻtgan Amerika Kubogiga yoʻl oldi. Turnirda u zaxira futbolchisi boʻlgan va bir daqiqa ham maydonga tushmagan[16]. 17-oktyabr kuni Felipe Gutiérrez 2014-yilgi Jahon chempionati saralashida Argentinaga qarshi o‘yinda Chili terma jamoasi safida ilk golini kiritdi.

2014-yilda Felipe Gutiérrez Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarlik qilgan edi. Turnirda u Avstraliya, Gollandiya, Ispaniya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[17][18][19][20].

2015-yilda Felipe Gutiérrez Amerika kubogi gʻolibi boʻlgan. Turnirda u Peruga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[21].

Chili safidagi gollar

tahrir
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2012-yil 17-oktyabr Xulio Martinez Pradanos, Santyago, Chili   Argentina 1: 2 1: 2 Jahon chempionati 2014 (saralash)
2. 2015-yil 5-sentyabr Xulio Martinez Pradanos, Santyago, Chili   Paragvay 1: 0 3: 2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3. 2: 2
4. 2016-yil 25-mart Xulio Martinez Pradanos, Santyago, Chili   Argentina 1: 2 1: 2 Jahon chempionati 2018 (saralash)

Manbalar

tahrir
  1. Felipe Gutiérrez // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Felipe Gutiérrez // FBref.com (Wayback Machine saytida 2022-10-01 sanasida arxivlangan(mn.)
  3. FELIPE ALEJANDRO GUTIERREZ // Base de Datos del Futbol Argentino (isp.)
  4. Profil na sayte Soccerway (angl.)
  5. „Сантьяго Морнинг VS. Универсидад Католика 1:4“ (en). soccerway.com (2009-yil 22-iyun). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  6. „Универсидад Католика VS. О’Хиггинс 4:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 31-iyul). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  7. „Твенте VS. Млада 2:0“ (en). soccerway.com (2012-yil 2-avgust). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  8. „Твенте VS. Гронинген 4:1“ (en). soccerway.com (2012-yil 12-avgust). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  9. „Виллем II VS. Твенте 2:6“ (en). soccerway.com (2012-yil 15-sentyabr). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  10. „Real Betis signs Felipe Gutiérrez for the next four seasons“ (en). Real Betis (2016-yil 7-iyun). 2016-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-iyul.
  11. „Барселона VS. Бетис 6:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 20-avgust). 2016-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-avgust.
  12. „Осасуна VS. Бетис 1:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 21-oktyabr). 2017-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-yanvar.
  13. „Лондрина VS. Интернасьонал 0:3“ (en). soccerway.com (2017-yil 13-may). 2018-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.
  14. „Жувентуде VS. Интернасьонал 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 9-sentyabr). 2018-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-fevral.
  15. „Чили VS. Северная Ирландия 1:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 30-may). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  16. „Чили VS. Аргентина 1:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 17-oktyabr). 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  17. „Чили VS. Австралия 3:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 14-iyun). 2014-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
  18. „Нидерланды VS. Чили 2:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 23-iyun). 2015-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
  19. „Испания VS. Чили 0:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 18-iyun). 2015-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
  20. „Бразилия VS. Чили 1:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 28-iyun). 2015-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
  21. „Чили VS. Перу 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 30-iyun). 2015-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-iyul.