Federico Fellini (talaffuzi: Federiko Fellini; 1920 — 1993) — Italiya kinorejissyori. Fellini 1920-yil 20-yanvarda Adriatik dengizi boʻyidagi Riminida oʻrtahol oilada tugʻilgan. 25-yanvar kuni uni San-Nikolo cherkovida Federiko Domeniko Marcello Fellini choʻqintiradi[1]. 1937-yildan Florensiya, keyinroq Rimda jurnalist sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, sugʻurta agenti, vitrina bezovchi, karikaturachirassom, reportyor ham boʻlgan. 1942-yildan tijorat uchun ishlangan komediya va melodramalarga ssenariy yozgan. R. Rosselinining „Rim—ochiq shahar“, „Payza“ filmlari yaratilishida qatnashgan. Neorealizm anʼanalaridan foydalangan holda oʻzining yorqin kinematografik uslubini yaratdi („Oq shayx“, „Onasining bolalari“, „Yoʻl“, „Shirin hayot“ va boshqalar). „Sakkiz yarim“ nomli yangi yoʻnalishdagi filmida real obrazlar oqimini qahramonlarning subyektiv qarashlari bilan birlashtirdi. „Rim“, „Amarkor“, „Orkestr repetitsiyasi“, „Intervyu“, „Oyning ovozi“ kabi filmlari Italiyaning tarixiy taqdiri, milliy mintalitet masalalariga bagʻishlandi. F. ijodiga bagʻishlangan „Chao, Federiko“ filmi ishlangan (rej. G. Baxman, 1969).

Federico Fellini
Tavalludi 20.01.1920
Vafoti 31.10.1993
Fuqaroligi Italiya
Kasbi Kinorejissor
Turmush oʻrtogʻi Giulietta Masina

Manbalar tahrir

  1. Autuori. „Ma la casa mia n'dov'è?“ (it-IT). Il Ponte (2017-yil 30-oktyabr).