Oluwafemi „Femi“ Javier Azeez (talaffuzi: Oluvafemi "Femi" Javyer Aziz) (2001-yil 5-iyunda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Femi Azeez „Reading“ futbol klubida qanot himoyachisi va hujumchi sifatida oʻynaydi.

Femi Azeez
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oluwafemi Javier Azeez[1]
Tavallud sanasi 5-iyun 2001-yil (2001-06-05) (22 yosh)
Tavallud joyi Essex, Angliya
Boʻyi 1.81 m
Ampluasi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Reading
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2018 Northwood
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018 Northwood 12 (0)
2018—2019 Wealdstone 8 (0)
2018—2019Hanwell Town (ijara) 3 (3)
2019 Reading 14 (2)
2020Bracknell Town (ijara)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 1-iyul uchun)

Faoliyati tahrir

Femi Azeez „Northwood“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. 2017—2018-yilgi mavsumda „Northwood“ futbol klubining 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasida oʻynaganidan soʻng, Femi Azeez mavsum oxirida klub safidagi ilk uchrashuvini oʻtkazgan. Femi Azeez mavsumda klub safidagi barcha oʻyinlarda jami 12 marta maydonga tushgan[2][3]. Shundan soʻng, Femi Azeez „Wealdstone“ futbol klubi safiga qoʻshilishga rozilik bildirgan. 2018-yilning dekabr oyida Femi Azeez ikki tomonlama kelishuv asosida „Hanwell Town“ futbol klubi safiga ijara shartnomasi boʻyicha qoʻshilgan[2]. 2019-yil 18-sentyabr kuni „Reading“ futbol klubi Azeezni oʻz jamoasi tarkibiga qoʻshilganini tasdiqlovchi hujjatga imzo chekkanini eʼlon qilgan[4]. 2020-yil 8-fevralda Femi Azeez 28 kunlik ijara shartnomasi asosida „Bracknell Town“ futbol klubiga qoʻshilgan[5]. 2020-yil 2-iyul kuni „Reading“ futbol klubi Azeez klub bilan yangi bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[6]. Bir yil oʻtib, 2021-yil 2-iyulda „Reading“ futbol klubi Azeez klub bilan yana bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[7].

Femi Azeez „Reding“ futbol klubi safidagi ilk golini (birinchi professional golini) 2021-yil 14-avgust kuni „Preston North End“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan[8].

Shaxsiy hayoti tahrir

Azeez Angliyaning Essex shahrida tugʻilgan. Femi Azeezning otasi nigeriyalik, onasi esa ispaniyalik hisoblanadi[9]. Azeezning akasi Miguel Azeez ham „Arsenal“ futbol klubining yoshlar akademiyasi professional futbolchisidir[10].

Faoliyat statistikasi tahrir

2022-yil 15-aprel holatiga ko'ra;
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Northwood 2017—2018 Janubiy liga 12 0 0 0 0 0 12 0
Weldstone 2018—2019 Janubiy milliy liga 8 0 0 0 2 1 10 1
Hanwell Town (ijara) 2018—2019 Isthmian ligasi 3 3 0 0 1 1 4 4
Reading 2018—2019 Chempionat 0 0 0 0 0 0 0 0
2019—2020 Chempionat 0 0 0 0 0 0 0 0
2020—2021 Chempionat 1 0 0 0 0 0 1 0
2021—2022 Chempionat 13 2 1 0 0 0 14 2
Jami 14 2 1 0 0 0 - - 15 2
Jami 37 5 1 0 0 0 3 2 41 7

Manbalar tahrir

  1. „EFL Professional retain list 2021-22“. EFL.com. Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 „Stones send young striker out for more experience“. Non League Daily (26-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 6-mart 2021-yil.
  3. „Femi Azeez profile“. www.aylesburyunitedfc.co.uk. Aylesbury United F.C.. Qaraldi: 6-mart 2021-yil.
  4. „Academy recruit three promising young players“. readingfc.co.uk. Reading F.C. (18-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 6-mart 2021-yil.
  5. @BracknellTownFC. „We're delighted to announce that Femi Azeez has joined the Robins on an initial 28 day loan from @ReadingFC.“.
  6. „Contract update - New U23s contracts offered, two professional deals expire and all loanees agree to extensions until the end of July“. readingfc.co.uk. Reading F.C. (2-iyul 2020-yil). Qaraldi: 2-iyul 2020-yil.
  7. „SEVEN SIGN ON WITH NEW DEALS“. readingfc.co.uk/. Reading F.C. (2-iyul 2021-yil). Qaraldi: 2-iyul 2021-yil.
  8. „Reading 2-1 Preston“. BBC (14-avgust 2021-yil). Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
  9. „Miguel Azeez Warming up for Arsenal First Team“ (11-iyul 2020-yil).
  10. „Femi Azeez Joins Reading; Younger Brother To Sign New Arsenal Deal On Friday :: All Nigeria Soccer - The Complete Nigerian Football Portal“. www.allnigeriasoccer.com.