Feng Xiaoting
冯潇霆
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Feng Xiaoting
Tavallud sanasi 22-oktyabr 1985-yil (1985-10-22) (39 yosh)
Tavallud joyi Dalian, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shanghai Shenhua
Raqami 6
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2004 Sichuan Guancheng 35 (2)
2005—2008 Dalian Shide 35 (0)
2009 Daegu FC 19 (0)
2010 Jeonbuk Hyundai Motors 11 (0)
2011—2021 Guangzhou Evergrande 209 (5)
2020Shanghai Shenhua (Ijara) 13 (0)
2021- Shanghai Shenhua 12 (0)
Milliy terma jamoa
2003—2005 Xitoy U-20
2005—2008 Xitoy U-23
2004- Xitoy 76 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(3-yanvar 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (18-oktabr 2019-yil uchun)

Feng Xiaoting (1985-yil 22-oktyabrda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining "Shanhai Shenhua " klubida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

tahrir

Feng Xiaoting futbolchilik faoliyatini 2003-yilgi liga mavsumida Sichuan Guancheng bilan boshlagan va u yerda tezda kuchli futbolchi sifatida oʻzini namoyon qilgan. U bor-yoʻgʻi 17 yoshda boʻlishiga qaramay, ularni bir necha oʻyinlarda sardorlik qilgan va Xitoyning professional futbolidagi eng yosh klub sardoriga aylangan[1]. 2003-yil dekabr oyida Feng Liga 1 jamoasi „Nant“ bilan qisqa sinovdan oʻtgan, ammo klubga qoʻshila olmagan[2]. Uning ikkinchi mavsumi jiddiy jarohat olib, 2004-yilgi liga mavsumining koʻp qismini oʻtkazib yuborgan.


Feng 2008-yilning yozida A Seriya vakili AC Siena bilan shartnoma imzolashga yaqin kelgan. Ularning sport direktori Manuel Gerolin 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasining barcha oʻyinlarini tomosha qilgan. Dalian bilan shartnomasi tugash arafasida Feng 2009-yilgi mavsum oldidan K-liga jamoalari Chunnam Dragons, Jeju United va Daegu FCdan takliflar olgan. Oxir-oqibat, u „Daegu“ FC bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[3]. Feng klubdagi debyutini 2009-yilning 22-martida Poxang Stilersga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan. 2010-yil 29-yanvarda Feng K-liga chempioni Jeonbuk Hyundai Motors bilan shartnoma imzolagan[4]. Feng oʻsha mavsumda Jeonbukning himoya chizigʻida asosiy tarkibga kira olmagan va tez orada klub tomonidan isteʼfoga chiqarilgan.

Feng 2011-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Xitoy Superligasi vakili Guanzhou Evergrand bilan shartnoma imzolashga qaror qilgan. Oʻsha yili kuchli himoya bilan butun mavsum davomida bor-yoʻgʻi 23 ta gol oʻtkazib yuborgan Guanzhou oʻzining birinchi oliy divizondagi chempionligini qoʻlga kiritgan. 2012-yilgi mavsumda Feng Oliy ddivizion chempionligini va Xitoy FA kubogini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyati

tahrir

Fengni Xitoy terma jamoasiga birinchi marta 2004-yilning 17-martida Myanmaga qarshi oʻyinda ishtirok etish uchun oʻsha vaqtdagi bosh murabbiy Arie Xoan chaqirgan[5]. 2018-yil 20-noyabr kuni Feng oʻzining ilk xalqaro golini Falastinga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan[6].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Feng 2009-yil 16-fevralda Xitoyning CCTV milliy televizion tarmogʻida ishlaydigan Chjao Yinging bilan oila qurgan[7].

Faoliyat statistikasi

tahrir

Klub statistikasi

tahrir
Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Sichuan Guancheng 2003 Xitoy Ji A Ligasi 25 2 2 0 - - - 27 2
2004 Xitoy Super Ligasi 10 0 6 0 2 0 - - 18 0
Jami 35 2 8 0 2 0 0 0 0 0 45 2
Dalian Shide 2005 Xitoy Super Ligasi 6 0 2 0 0 0 - - 8 0
2006 4 0 2 0 - 6 0 0 0 12 0
2007 4 0 - - - - 4 0
2008 21 0 - - - - 21 0
Jami 35 0 4 0 0 0 6 0 0 0 45 0
Daegu FC 2009 K-League 19 0 2 0 1 0 - - 22 0
Jeonbuk Hyundai Motors 2010 11 0 1 0 1 0 7 0 - 20 0
Guangzhou Evergrande 2011 Xitoy Super Ligasi 27 2 1 0 - - - 28 2
2012 19 0 3 0 - 9 0 1 0 32 0
2013 25 0 4 0 - 13 1 4 0 46 1
2014 23 0 0 0 - 9 0 0 0 32 0
2015 27 1 0 0 - 13 0 3 0 43 1
2016 22 0 5 0 - 5 0 1 0 33 0
2017 24 1 2 0 - 10 0 1 0 37 1
2018 26 0 0 0 - 7 0 1 0 34 0
2019 16 1 0 0 - 4 0 - 20 1
Jami 209 5 15 0 0 0 70 1 11 0 305 6
Shanghai Shenhua (Ijara) 2020 Xitoy Super Ligasi 13 0 0 0 - 6 0 - 19 0
Shanghai Shenhua 2021 Xitoy Super Ligasi 12 0 6 0 - - - 18 0
Karyerada jami 334 7 36 0 4 0 89 1 11 0 474 8

Xalqaro statistikasi

tahrir
Milliy terma jamoa
Yil Oʻyinlar Gollar
2004 2 0
2005 0 0
2006 0 0
2007 0 0
2008 5 0
2009 6 0
2010 8 0
2011 5 0
2012 4 0
2013 7 0
2014 6 0
2015 5 0
2016 9 0
2017 7 0
2018 7 1
2019 5 0
Jami 76 1

Xalqaro maydondagi gollari

tahrir
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 20.11.2018 Wuyuan River stadioni, Xaykou, Xitoy   Falastin 1 — 0 1-1 Oʻrtoqlik

Yutuqlar

tahrir

Dalian Shide[8]

  • Xitoy Superligasi : 2005-yil
  • Xitoy FA kubogi : 2005-yil

Guangzhou Evergrand[9]

  • Xitoy Superligasi : 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019
  • Osiyo Chempionlar Ligasi : 2013, 2015
  • Xitoy FA kubogi : 2012[10] 2016
  • Xitoy FA Superkubogi : 2012, 2016, 2017, 2018

Xalqaro

tahrir

Xitoy milliy futbol jamoasi

  • Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2005, 2010

Shaxsiy yutuqlar

tahrir
  • Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2015, 2016, 2017, 2018
  • Xitoyda yilning eng yaxshi futbolchisi : 2017

Manbalar

tahrir
  1. „Feng, Xiaoting biography“. sports.sina.com.cn. Qaraldi: 23-iyul 2012-yil.
  2. „冯潇霆试训南特以失败告终 西汉姆之行也难成功“. sports.qq.com (19-dekabr 2003-yil). Qaraldi: 27-mart 2017-yil.
  3. „大邱官方宣布2年合同签冯潇霆 未来之星正式加盟“. sports.sina.com.cn (17-fevral 2009-yil). Qaraldi: 23-iyul 2012-yil.
  4. „冯潇霆已完成签约全北现代 将披15号征战亚冠联赛“. sports.sina.com.cn (29-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 23-iyul 2012-yil.
  5. „中国 2-0 缅甸“. teamchina.freehostia.com (17-mart 2004-yil). Qaraldi: 23-iyul 2012-yil.
  6. „冯潇霆入球圆梦折射国足尴尬 攻无力得靠后卫破门“. Sina (20-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2018-yil.
  7. „冯潇霆出国女友变娇妻:任职央视美照曝光(图)“. sports.mop.com (16-fevral 2009-yil). Qaraldi: 23-iyul 2012-yil.
  8. „Feng, Xiaoting“. National-football-teams.com (22-avgust 2019-yil). Qaraldi: 22-avgust 2019-yil.
  9. „Feng, Xiaoting“. National-football-teams.com (22-avgust 2019-yil). Qaraldi: 22-avgust 2019-yil.
  10. „足协杯-张琳芃传射8024两球 恒大总分5-3贵州夺冠“. Sports.sina.com.cn (18-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.