Ferdi Erenay Kadiogʻlu ( 1999-yil 7-oktyabrda tugʻilgan) — Superligada Fenerbahche uchun yarim himoyachi yoki qanot hujumchisi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi . Gollandiyada tugʻilgan Kadiogʻlu Turkiya terma jamoasida oʻynaydi.

Ferdi Kadıoğlu
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ferdi Erenay Kadıoğlu
Tavallud sanasi 7-oktyabr 1999-yil (1999-10-07) (24 yosh)
Tavallud joyi Arnhem, Gollandiya
Boʻyi 1.74 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fenerbahçe
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
ESA Rijkerswoerd
2008—2016 NEC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2018 NEC 61 (11)
2018- Fenerbahçe 77 (7)
Milliy terma jamoa
2015 Gollandiya U16 2 (1)
2015—2016 Gollandiya U17 13 (2)
2016 Gollandiya U18 4 (0)
2017—2018 Gollandiya U19 15 (6)
2018—2021 Gollandiya U21 18 (1)
2022- Turkiya 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-iyun uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Dastlabki yillarini Gollandiya Eerste Divizionida NEC bilan oʻtkazgandan soʻng, 2018-yil iyul oyida Kadiogʻlu Super Lig klubi Fenerbahche bilan shartnoma imzolagan[1]. U klub safidagi ilk uchrashuvini 20-dekabr kuni Turkiya kubogi doirasidagi „Giresunspor“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan[2]. U Fenerbahche uchun birinchi golini 2019-yil 19-avgust kuni „Gaziantep“ga qarshi oʻyinda kiritgan va yakunda jamoa 5:0 hisobida gʻalaba qozongan[3].

Xalqaro faoliyat tahrir

Kadiogʻlu Gollandiyada tugʻilgan. Uning otasi turk, onasi esa Kanadada tugʻilgan golland millatiga mansub boʻlishgan[4]. Shuning uchun u Turkiya, Niderlandiya va Kanadani xalqaro miqyosda himoya qilish huquqiga ega boʻlgan[5]. U Gollandiya terma jamoasining yoshlar toifasida bir necha bor maydonga tushgan[6].

2021-yil mart oyida Kadiogʻlu Gollandiya U-21 terma jamoasiga oʻsha yilgi UEFA U-21 Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun chaqirilgan[7]. 2021-yilning noyabr oyida Turkiya bosh murabbiyi Stefan Kunts Kadiogʻlu oʻzining xalqaro kelajagi boʻyicha qarorini yaʼni qaysi terma jamoa sharafini himoya qilishini 2022-yilning mart oyida ochiqlashini kutayotganini aytib oʻtgan[8].

2022-yil 3-yanvarda u Fenerbahche klubini va Turkiya milliy futbol jamoasi vakili boʻlishni tanlaganini eʼlon qilgan[9][10]. U 2022-yil 4-iyun kuni UEFA Millatlar ligasida Farer orollari ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Turkiya bilan debyut qilgan[11].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
NEC 2016-17 Erste divizioni 27 4 4 0 0 0 31 4
2017-18 Erste divizioni 34 7 5 1 0 0 39 8
Jami 61 11 9 1 0 0 70 12
Fenerbahche 2018-19 Superliga 0 0 1 0 0 0 1 0
2019-20 Superliga 23 4 8 2 0 0 31 6
2020-21 Superliga 26 1 4 0 0 0 30 1
2021-22 Superliga 28 2 1 0 9 1 38 3
Jami 77 7 14 2 9 1 100 10
Karyerada jami 138 18 23 3 9 1 170 22

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Turkiya 2022 4 0
Jami 4 0

Manbalar tahrir