Madl Ferens (1931.29.1, Vesprem viloyatining Bend qishlogʻi) — Vengriya davlat arbobi. Falsafa va huquq fanlari doktori. Budapesht universitetining huquq fakultetini tugatgan (1955). 1963—71 yillarda Vengriya Fanlar akademiyasi Qonun chiqarish va davlat instituti xodimi, 1978-yildan Budapesht universiteti huzuridagi Fuqarolik huquqi instituti, 1985-yildan universitetning xalqaro xususiy huquq fakulteti rahbari, 1990-yildan Vengriya hukumatining fan sohasidagi siyosatini muvofiklashtirish boʻyicha vakolatsiz raisi, 1993-yil fevraldan Vengriya madaniyat va taʼlim vaziri, Madaniyat qadriyatlarini qaytarish boʻyicha qoʻmita raisi, 1994-yildan Milliy madaniyat jamgʻarmasi rahbari, 1996-yildan Fuqarolar hamkorligi assotsiatsiyasi raisi; ayni vaqtda 1990—93 yillarda Davlat mulki boʻyicha Vengriya agentligi boshqaruvi rahbari, Banklar faoliyatini nazorat qilish boʻyicha Vengriya davlat boshqarmasi rahbari. 2000-yil 6 iyundan Vengriya Respublikasi prezidenti. Garvard huquq akademiyasi, Vengriya Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil