Fernando Hierro
Fernando Ruiz Hierro (talaffuzi: Fernando Ruiz Yerro) 1968-yil 23-martda Ispaniyada tavallud topgan. Ispaniyalik futbolchi Ispaniya terma jamoasi va Real Madridning sobiq sardori, himoyachi, murabbiy hisoblanadi[1][2].
Fernando Hierro | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Fernando Ruiz Hierro |
Taxallusi | Katta kapitan, Bubu |
Tugʻilgan | 23-mart 1968-yil[3](54 yosh) Veles-Malaga, Ispaniya |
Fuqaroligi | |
Boʻyi | 188 sm |
Pozitsiyasi | himoyachi |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Fernando Ruiz Hierro „Real Madrid“ bilan besh karra Ispaniya chempioni va uch karra Chempionlar ligasi gʻolibi.
Fernando Ruiz Hierro Ispaniya terma jamoasi tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar orasida oʻninchi (89 oʻyin) va toʻpurarlar orasida toʻrtinchi (29 gol) oʻrinni egallab turibdi.
Faoliyati
tahrirFernando Ruiz Hierro 1989-yil 20-sentyabrda 21 yoshida Luis Suares qo‘l ostida milliy terma jamoadagi debyutini A Korunyada Polshaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (1:0) o‘tkazgan. U terma jamoadagi ilk golini 1990-yil 19-dekabrda (terma jamoa uchun uchinchi o‘yin) Yevropa chempionati saralash o‘yinida (9:0) Albaniyaga qarshi o‘yinda kiritgan. 22 yoshli Fernando Ruiz Hierro 1990-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo u maydonga tusha olmagan.
Hammasi boʻlib Fernando Ruiz Hierro terma jamoa safida 89 ta oʻyin oʻtkazib, 29 ta gol urgan (bu koʻrsatkich boʻyicha Fernando tarixda beshinchi oʻrinda turadi), ammo bu vaqt davomida Ispaniya terma jamoasi hech qachon turnirning chorak final bosqichidan oʻta olmagan.
Menejerlik va murabbiylik faoliyati
tahrir2007-yilning sentyabridan Ispaniya futbol federatsiyasi sport direktori lavozimida ishlagan[4]. Fernando Ruiz Hierro federatsiyadagi faoliyati davomida Ispaniya terma jamoasi Yevropa (2008-yil) va jahon chempioniga aylandi (2010-yil). 2011-yil iyul oyida u oʻz ona viloyatiga qaytib, „Malaga“ direktori boʻldi[5]. Biroq, 2012-yilning may oyida u klubni tark etdi[6].
2014-yilning 10-iyulida Fernando Ruiz Hierro Zinedin Zidan o‘rniga „Real Madrid“ bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga yordamchi bo‘ldi[7]. 2016-yil iyun oyida u „Oviedo“ klubi bosh murabbiyi boʻldi, biroq bir yildan soʻng tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomani bekor qilishga qaror qilishdi[8][9].
Statistika
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Xalqaro | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Real Valladolid C. F. | 1987-88 | 29 | 1 | 2 | — | — | — | 31 | 1 |
1988-89 | 29 | 2 | 6 | — | — | — | 35 | 2 | |
Jami | 58 | 3 | 8 | 0 | 0 | 0 | 66 | 3 | |
Real Madrid C. F. | 1989-90 | 37 | 7 | 5 | — | 4 | — | 46 | 7 |
1990-91 | 35 | 7 | 3 | — | 5 | 1 | 43 | 8 | |
1991-92 | 37 | 21 | 7 | 3 | 9 | 2 | 53 | 26 | |
1992-93 | 33 | 13 | 6 | — | 6 | 5 | 45 | 18 | |
1993-94 | 34 | 10 | 5 | — | 5 | 2 | 44 | 12 | |
1994-95 | 33 | 7 | 2 | — | 5 | — | 40 | 7 | |
1995-96 | 31 | 7 | 4 | 1 | 5 | 1 | 40 | 9 | |
1996-97 | 39 | 6 | 6 | 2 | — | — | 45 | 8 | |
1997-98 | 28 | 3 | 2 | — | 10 | 3 | 40 | 6 | |
1998-99 | 28 | 6 | 3 | 1 | 9 | 1 | 40 | 8 | |
1999-00 | 20 | 5 | 2 | — | 14 | 2 | 45 | 7 | |
2000-01 | 29 | 5 | 1 | — | 13 | 1 | 42 | 6 | |
2001-02 | 30 | 5 | 5 | — | 14 | — | 49 | 5 | |
2002-03 | 25 | — | 1 | 1 | 12 | — | 38 | 1 | |
Jami | 439 | 102 | 52 | 8 | 111 | 18 | 602 | 128 | |
Al-Rayyan S. C. | 2003-04 | 19 | 3 | — | — | — | — | 19 | 3 |
Bolton Wanderers F. C. | 2004-05 | 29 | 1 | — | — | — | — | 29 | 1 |
Umumiy karyerasida | 545 | 109 | 60 | 8 | 111 | 18 | 716 | 135 |
Manbalar
tahrir- ↑ „OFICIAL | Fernando Hierro asumirá el cargo de seleccionador nacional durante el Campeonato del Mundo de Rusia“ (es). www.sefutbol.com. 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
- ↑ „Фернандо Йерро возглавил сборную Испании по футболу“. Интерфакс (2018-yil 13-iyun). 2018-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
- ↑ Fernando Hierro // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ „Yerro: Rossiya? Bilo nemnogo obidno za Vilyara“. 2010-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Йерро стал генеральным директором «Малаги»“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
- ↑ „Фернандо Йерро ушёл из «Малаги»“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
- ↑ „Йерро стал ассистентом Анчелотти в «Реале»“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
- ↑ „Фернандо Йерро покинул «Реал Овьедо»“ (en). сайт клуба «Реал Овьедо» (2017-yil 13-iyun). 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-iyun.
- ↑ „Экс-защитник «Реала» Йерро ушёл с поста главного тренера «Овьедо»“. 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-iyun.