Feromon (grekcha: „phero“ — eltaman, olib boraman; grekcha: „hormao“ — harakatga keltiraman, qoʻzgʻataman) yoki hasharotlar feromonlari — hasharotlar atrof muhitga chiqaradigan biologik faol moddalar, jinsiy attraktantlar. Hasharotlar jinsiy feromon chiqarish bilan turli jinslarning bir-birini oʻzaro „topishishi“ni, jinsiy maylni, jalb qilish feromoni bilan cheklangan maydonda juda koʻp hasharotlar toʻplanishini taʼminlaydi, „xavfxatar“ feromoni qochish, berkinish, hujumkorlik harakatlariga sabab boʻladi. Hozirgigacha turli hasharotlarning 300 dan ortiq feromoni oʻrganilgan. Ular asosida juda koʻp sintetik feromonlar yaratilgan.

Feromon hasharotlar harakatini boshqarishda samarali vosita hisoblanadi. Ulardan ekinlarning zararkunandalariga qarshi kurashda feromon tutqichlar tarzida foydalaniladi. Sintetik feromon zararkunanda hasharotlar sonini hisobga olish va prognozlashda, zararkunandalarni jalb etib, soʻngra ularni yoʻqotishda qoʻllanadi.

Adabiyot

tahrir
  • Minaylo V. A., Pyatnova Yu. B., Feromoni nasekomix, M., 1984.