Feyxoa (ispancha: Feijoa) — mirtadoshlarga mansub doim yashil butalar va daraxtlar turkumi. Janubiy Amerikaning subtropik hududlarida 2 turi usadi. 1 turi — Feyxoa Sellova (Feyxoa sellowiana) subtropik iqlimli mamlakatlarda, jumladan, Gruziya va Qrimning janubiy sohillarida oʻstiriladi. Boʻyi 3 m, shoxshabbasi yoyiq, qalin. Barglari butun, qarama-qarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli. May oyida gullaydi. Mevasi toʻq yashil rezavor, eti sershira, xushboʻy, tarkibida qand, pektin, olma kislotasi, yod bor. Oktyabr noyabda pishadi, yangiligida yeyiladi. Murabbo va vino tayyorlanadi. Urug'idan, kalamchasidan va payvand qilib koʻpaytiriladi. Bogʻ, xiyobonlarni koʻkalamzorlashtirishda foydalaniladi. Hosildorligi 60—90 s/ga.[1]

Manbalar

tahrir