Fidokor koʻchasi (Toshkent)
Fidokor koʻchasi – Mirobod tumani hududida. Amir Temur shoxkoʻchasi va Mirobod koʻchasi oraligʻida. Uzunligi 2 km atrofida.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirobod |
Uzunligi | 2 km |
Avvalgi nomlari |
Vladimir koʻchasi Chexov koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar |
Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyi binosi Eronning „Sadoratbank“i |
Tarixi
tahrir19-asrning 2-yarmida tashkil topgan. Dastlab chor Rossiyasi maʼmuriyati tomonidan Vladimir koʻchasi deb nomlangan. 1924-yil 19-yanvarda rus yozuvchisi Anton Chexov (1860-1904) nomi berilgan. 2015-yil noyabr oyida Fidokor koʻchasi deb oʻzgartirildi[1].
Binolar
tahrirYoʻnalishida Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyi binosi, Eronning „Sadoratbank“i, „Perfektum“ kompaniyasi, tuman xalq sudi, 1-oilaviy poliklinika, „Tong“ korxonasi, „Toj“ restorani, Gyote nomidagi 60-sonli IDUM, harbiy atele, engil-sanoat kasb-hunar kolleji, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, dorixona, bogʻcha, tashqi reklama vositalari, turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari, koʻp qavatli maʼmuriy va turar joy binolari va boshqalar joylashgan. Yoʻnalishida Taras Shevchenko koʻchasi bilan kesishgan[2].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „В Ташкенте переименован ряд улиц“. www.uznews.uz.
- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.