Fidya
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
„Fidya“ning lugʻaviy maʼnosi „fido qilish“ boʻlib, shariat hukmiga koʻra, maʼlum bir narsaning oʻrniga mol sarflash „fidya berish“ deyiladi. Islom shariatida buyurilgan maʼlum bir amal oʻrniga mol sarflash „fidya“ deyiladi. Buning uchun shariatda koʻrsatilgan uzrli sabablar mavjud boʻlishi lozim. Masalan, Ramazon oyi roʻzasini uzrli sabablar tufayli tuta olmay qolganlar buning uchun fidya beradilar.
Fidya bir kambagʻalning bir kunlik oʻrtacha tirikchiligini taʼminlaydigan ovqat miqdori boʻlib, uning hajmi taom yoki unga toʻgʻri keladigan pul birligida belgilanadi. Bunda har bir joyning iqtisodiy-maishiy shart-sharoitidan kelib chiqiladi.
Har kunlik fidyaning miqdori fitr sadaqasi miqdorichadir, yaʼni bugʻdoydan yarim soʻ – 1900 g, arpa va xurmodan bir soʻdan – 3800 g yoki bularning qiymatini berish bilan ham fidya ado qilingan boʻladi.