Fikrat Kerimov

pedagogika fanlari doktori , professor, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi

Fikrat Azizovich Kerimov (1955-yil 6-iyul, Buxoro viloyati Olot tumani) – pedagogika fanlari doktori[1], professor, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi[2]. 1980-yilgi Moskva olimpiadasi qatnashchisi, erkin kurash boʻyicha sport ustasi, erkin va yunon-rum kurashi boʻyicha xalqaro toifadagi hakam. Butunjahon Armrestling federatsiyasi (WAF) aʼzosi[3].

Fikrat Azizovich Kerimov
Tavalludi 6-iyul 1955-yil (1955-07-06) (69 yosh)
Olot tumani, Buxoro viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR,
Oʻzbekiston Respublikasi
Kasbi olim, pedagog, sportchi
Sohasi erkin va yunon-rum kurashi, armrestling
Ish joylari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi huzuridagi ilmiy texnika axborot davlat unitar korxonasi
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti (1973—1977)
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Tarjimayi holi

tahrir

Fikrat Kerimov Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti)ni tamomlagan (1973—1977). 1977—1980-yillarda Toshkent avtomobil yoʻllar instituti oʻqituvchisi, 1980—1981-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti markaziy ilmiy-metodik laboratoriyasi katta laboranti boʻlgan. 1981—1982-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Sport kurashi kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi, 1982—1984-yillarda Toshkent shahar Butunittifoq ilmiy-tadqiqot jismoniy tarbiya instituti aspiranti sifatida faoliyat yuritgan.

Aspiranturani yakunlagach, 1984—1989-yillarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Sport kurashi kafedrasi katta oʻqituvchisi vazifasini bajaruvchi, kafedra katta oʻqituvchisi, dotsent lavozimlarida ishlagan. 1989—2001-yillarda esa Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Milliy va xalqaro kurash kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan. Fikrat Kerimov 2001—2004-yillarda institutining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori lavozimida faoliyat yuritdi.

U keying faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi)da olib borib, 2004—2006-yillarda mazkur vazirlikning sport taʼlim muassasalari va fan boshqarmasi boshligʻi boʻldi. 2006—2007-yilarda yana faoliyatini Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida davom ettirib, Milliy va xalqaro kurash turlari kafedrasi professori lavozimida ishladi. 2007—2010-yillarda institutning Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga mudirlik qildi. 2010-yilda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi huzuridagi ilmiy texnika axborot davlat unitar korxonasi direktori lavozimiga tayinlandi.

Ilmiy-uslubiy ishlari

tahrir

Fikrat Kerimov tomonidan 250 dan ortiq ilmiy ishlar eʼlon qilingan. Jumladan, „Sport kurashi nazariyasi va uslubiyoti“ (darslik, 2005), „Sportda prognozlashtirish va modellashtirish“ (darslik, 2005), „Valeologiya asoslari“ (darslik, 2005), „Volnaya borba“ (bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar olimpiya zaxiralari maktablari uchun dastur va qoʻllanma, 2007) va boshqalar.

Manbalar

tahrir
  1. Керимов Ф.А. „Теоретико-методические направления совершенствования содержания и структуры дисциплины спортивная борьба. Автореферат дис. ... доктора педагогических наук“. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
  2. Жисмоний тарбия ва спорт машғулотлари назарияси ва услубиятининг замонавий муаммолари // Ҳалқаро илмий-амалий анжуман материаллри. 2-қисм. Тошкент: ITA-PRESS, 2015 — 387-bet. 
  3. „Sport fidoyisi Fikrat Kerimov 65 yoshga toʻldi“. Qaraldi: 2023-yil 25-iyul.