Filateliya (frans. philatelie, grekcha: philéō — sevaman va ateleia — toʻlovdan ozod qilish) — aloqa toʻlovi belgilari (markalar, etiketkalar, shtempellar va boshqalar), shu belgilar tushirilgan xatjildlar va otkritkalarni oʻrganish va toʻplash bilan shugʻullanish. 19-asr 40-yillari oxirida vujudga kelgan. "Filateliya" terminini fransuz marka toʻplovchisi G.Erapen 1864-yil kiritgan. 19-asr 60-yillaridan boshlab Filateliyaga doir kataloglar, jur.lar nashr qilinadi, 70-yillaridan boshlab Filateliya ishqibozlari jamiyatlari tuzila boshladi. Filateliya ashyolari 3 yoʻnalishda: tarixiy, mavzuviy va xronologik yoʻnalishlarda toʻplanadi va oʻrganiladi. Oʻzbekiston Respublikasi da filatelistlar jamiyat 2003-yilda tashkil qilingan.

Pochta markalar