Fiona (Shrek)
Fiona[1][2] DreamWorks studiyasi yaratgan Shrek franshizasidagi xayoliy qahramondir. Ushbu personaj birinchi marta Shrek (2001) animatsion filmida paydo boʻlgan. Franshizaning asosiy qahramonlaridan biri hisoblanadi. Fiona birinchi filmda goʻzal malika boʻladi. Kechasi esa yashil rangli maxluqqa aylanadi. Biroq, Shrekni sevib qolganidan soʻng, u bilan birga boʻlish uchun oʻz xohishi bilan umrbodga maxluqqa aylanadi. U Shrek 2 (2004) filmida eri boʻlgan Shrekni ota-onasiga tanishtiradi. Shrek the Third (2007) filmida ona boʻladi. Shrek Forever After (2010) filmida esa uni yengilmas jangchi qiyofasida koʻrish mumkin.
Fiona | |
---|---|
Shrek obrazi | |
Ilk bora koʻringan |
Shrek! (1990; kitob) Shrek (2001) |
Soʻnggi bora koʻringan | Thriller Night (2011) |
Muallif(lar) | William Steig |
Qaysi asardan adaptatsiya qilingan | |
Ovoz bergan(lar) | Cameron Diaz (2001—2010) |
Umumiy maʼlumotlar | |
Turi |
Maxluq Odam |
Jinsi | Ayol |
Unvoni | Malika |
Oilasi |
|
Bolalari |
|
Manbalar
tahrir- ↑ „Shrek – Cast & Crew“. TV Guide. 2018-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2018-yil.
- ↑ „Shrek 2 (2004)“. British Film Institute. Qaraldi: 22-sentabr 2018-yil.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |