Firuzobodiy(Toʻliq ismi: Majdiddin abu Tohir Muhammad ibn Yoqub sh-Sheroziy) — lugʻatshunos, arab leksikografiyasining namoyondasi. 1329 — yilda Qozorun shahrida tugʻilgan, 1414 — yil Zubayda shahrida vafot etgan. „Al-Qomus“ lugʻatining muallifi. U tafsir, hadis, filolog va leksikograf olimlar biografiya siga oid koʻplab asarlar yaratgan. Olimning „Al-Bulgʻa fi tarix aimat al-lugʻa“ asari arab leksikografiyasini oʻrganishda muhim manba sifatida qayd etilgan. „Al-Qomus“ asari Sagʻoniyning „Al-Ubob“ lugʻati asosida tuzilgan. Avval boshda, sar 60 jildni oʻz ichiga olgan. Ammo, Firuzobodiy uni qisqartirib, 2 jild shakliga keltirgan. Lugʻatning tarkibi 6000 soʻzdan iborat. „Al-Qomus“ asari klassik arab tili leksikasi va adabiyotini oʻrganuvchilar uchun juda ham muhim manba ekanligi tilshunoslar tomonidan taʼkidlab oʻtilgan. Lugʻatshunos Zubaydiy „Toj al-Aruz“ lugʻatini „Al-Qomus“ asosida yaratgan. „Al-Qomus“ bir-necha marotaba nashr etilgan, Xorijiy tillardan lotin va usmonli turk tiliga tarjima qilingan. Asarning qadimgi qoʻlyozmasi Oʻz. Res. Fanlar akademiyasining qoʻlyozmalar foʻndida saqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

tahrir

1. Krimskiy A.Ye „Istoriya arabov i arabskoy literaturi“ 1971.

2. Oʻzbek-Sovet ensiklopediyasi. 12-jild. Toshkent 1979.