Flaminia Cinque

britaniyalik aktrisa

Flaminia Cinque (1964-yil 20-avgustda tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa. U Angliyaning London shahrida joylashgan. Uning ovozli rollari orasida Gophers!da ijro etilgan Lillian Gopher va Merv Wombat, Tinga Tinga Talesdagi Flamingo roli va Thomas & Friends animatsion teleserialidagi Ester kabi rollari mavjud. Cinque aktyor Vincenzo Nicoli bilan birga The Knot, Leap Year, Holy Cannelloni hamda Brothers of Italy filmlarida suratga tushgan.

Flaminia Cinque
Tavalludi 20-avgust 1964-yil (1964-08-20) (59 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1989-hozirgacha

Yoshligi tahrir

Cinque 1964-yil 20-avgustda Angliyaning Cambridge shahrida tugʻilgan. U Bristol Old Vic teatr maktabida aktyorlik boʻyicha tahsil olgan[1].

Faoliyati tahrir

Aktyorlik faoliyatini 1989-yilda kollejni tugatgach boshlagan. U Lysistrata (Gretsiya)dagi ochiq amfiteatrda va New Yorkdagi Broadwayda, New Victory Theatreda, More Grimm Tales kabi teatrlar sahnalarida rol oʻynagan. Aktrisa 2000-yilda Comedy Store Players guruhiga taklif qilingan.

U Buyuk Britaniyaning Londondagi Milliy teatrida David Harening The Permanent Way pyessasining asl tarkibining bir qismi boʻlgan, u Sidneyga (Avstraliya) gastrol qilgan. Uning televizion chiqishlari orasida Any Human Heart, Ultimate Force, The Ruth Rendell Mysteries, The Bill, EastEnders, Doctors hamda New Tricks mavjud. Uning filmdagi chiqishlari orasida Mr. Bean's Holiday, Bridget Jones: The Edge of Reason, Show Dogs, What a Girl Wants, Leap Year hamda The Knot filmlari bor. U BBC Radio 4 dasturida 2001-yildan 2002-yilgacha davom etgan All the Young Dudes dasturida Maria rolida paydo boʻladi[2].

Shaxsiy hayoti tahrir

Buyuk Britaniyaning Cambridge shahrida italiyalik ota-onasining (Shimoliy-Sharqiy Italiyadagi Emilia-Romagna mintaqasidagi Brisighella va Neapol yaqinidagi Sorrento shahrida) oilasida tugʻilgan. U ingliz va italyan tillarida gaplasha oladidi va turmush oʻrtoʻgi Gerald Heward bilan Angliyaning London shahrida istiqomat qiladi. U fransuz va ispan tillarini ham biladi. 1997-yildan beri aktrisa Bandini qoʻmitasi (1967-yil Monte Carlo Grand Prixida vafot etgan afsonaviy F1 haydovchisi Lorenzo Bandini nomidan Formula 1 yangi haydovchilarini kiyim bilan taminlash kompaniyasi)ning London muxbiri/tarjimoni va boshlovchisidir.

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1992 Road Trip Chiroyli italyan Qisqa metrajli film
1996 Candysack Italiyalik Merilin Monroga taqlid qiluvchi (ovoz)
2000 Room to Rent Margreta
2000 Chicken Run Qoʻshimcha tovuq (ovoz) Akkreditvsiz
2003 What a Girl Wants Caterer
2004 Bridget Jones: The Edge of Reason Corset xonim
2006 Wednesday Janice Qisqa metrajli film
2007 Mr. Beanʼs Holiday Hotel Maid
2007 Cake Giulina Qisqa metrajli film
2010 Leap Year Carla
2012 Tezz Passenger #5
2012 The Knot xonim Fernandez
2016 Worst Fears Janice Segment: #2: „Wednesday“
2018 Show Dogs Spa Manager
2018 Brothers of Italy Maddalena Petrucco Qisqa metrajli film
2019 Thomas & Friends: Digs and Discoveries Ester (ovoz) Buyuk Britaniya/AQSh versiyalari
2019 Holy Cannelloni Mamma Rosa[3] Qisqa metrajli film
2020 Made in Italy Deli Owner

Manbalar tahrir

  1. „Flaminia Cinque studied at Bristol Old Vic Theatre School“. Nuffield Southampton Theaters. Qaraldi: 2019-yil 18-noyabr. [sayt ishlamaydi]
  2. „All The Young Dudes - BBC Radio 4 Drama Series - Starring Jim Sweeney, Flaminia Cinque, Stephen Frost“. Jim Sweeney.co.uk. Qaraldi: 2019-yil 18-noyabr.
  3. Cinque. „Holy Cannelloni is one of the funniest and most charming films live ben in..you'll love this!“. Twitter (2019-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.