Neapol (shahar)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Neapol — Italiyaning jan. qismidagi shahar. Neapol qoʻltigʻi sohilida, Vezuviy vulkani etagida joylashgan. Kampaniya viloyati va Neapol pro-vinsiyasining maʼmuriy markazi. Mamlakat janubidagi muhim iqtisodiy va madaniy markaz. Aholisining soni boʻyicha mamlakatda 3-oʻrinda (2001-yilda 993,3 ming kishi), atrofidagi shaharlar bilan birgalikda Katta Neapol aglomeratsiyasini tashkil etadi. Transport yoʻllarining yirik tuguni, dengiz porti (yiliga 15 mln.t yuk ortib-tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Katta N. — yirik sanoat markazi: neftni kayta ishlash, neft kimyosi, metallurgiya, mashinasozlikning turli sohalari (jumladan, kemasozlik, pri-borsozlik, stanoksozlik, samolyotsozlik, avtomobilsozlik), elektrotexnika va radioelektronika sanoatlari rivojlangan. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, qogʻoz, sement sanoati korxonalari mavjud. N. — xalqaro turizm markazlaridan boʻlgani sabab-li, aholining koʻp qismi xizmat koʻrsatish sohasida band. N.daun-t, vulkanologiya st-yasi, rasadxona, opera va drama teatrlari, milliy muzey, ba-diiy galereya, botanika bogʻi, dengiz akvariumi bor.
N.— qadimda yunonlar qishlogʻi boʻlgan. Miloddan avvalgi 327—326 yillarda Rim imperiyasi egallagan. N. — Italiyanint qad. yunon madaniyat markazlaridan biri boʻlgan. 1193-yilda Sitsiliya qirol-ligiga qoʻshib olingan, 1266-yildan uning poytaxti. 1282—1442 va 1501— 04 yillarda Neapol qirolligi poytaxti. 1860-yildan Birlashgan Italiya qirolligi tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklardan ilk xristian katakombalari (2—5-asrlar), qasrlar (12—15-asrlar), gotika cherkovi (13-asr), sobor (13—20-asrlar), saroylar, monastir va boshqa saqlangan. Harbiy dengiz bazasi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |