FlyArystan – Qozogʻistonning Olmaota shahrida baza qilgan lou-koster aviakompaniyasi. Bu Markaziy Osiyodagi birinchi arzon aviatashuvchi sanaladi. Kompaniya shiori – Say YES! to Travel (oʻzbekcha: Sayohat qilishga "Ha" deng').

FlyArystan
IATA ICAO Identifikatori
KC[1] KZR ASTANALINE
Tashkil topgan 2018-yil 2-noyabr
(Air Astana boʻlinmasi sifatida)
Boshlangan amaliyotlari 29-mart, 2019-yil (5 yil avval) (2019-03-29)
Baza aeroporti
Park hududi 16
Parvoz yoʻnalishlari 34
Egasi Air Astana
Bosh qarorgohi Olmaota, Qozogʻiston
Muhim shaxslar
  • Adrian Hamilton-Manns, Boshqaruvchi direktor
  • Alim Shalbayev, Moliyaviy direktor
  • Warakorn Komutanont, Ijrochi direktor
  • Renat Abulxanov, Daromad & tarmoqlar boʻyicha direktor
  • Madina Bujinova, Sotuv & marketing boʻyicha direktor
  • Oygul Tashbayeva, HR direktor
Sayti www.flyarystan.com

Aviakompaniya Air Astana tomonidan egalik qilinadigan lou-koster hisoblanadi. Oʻz faoliyatini 2019-yil may oyida boshlagan va zamonaviy A320 samolyotlari parkida past tarifli reyslarni amalga oshiradi. Uning yoʻnalishlar tarmogʻi ham mahalliy, ham xalqaro aviaqatnovlarni oʻz ichiga oladi.

Tarixi tahrir

FlyArystanning sotuvlari 2019-yil 29-martda oʻz veb-saytida boshlangan. Aviakompaniya dastlabki reyslarini 2019-yil 1-may kuni oʻzining habi – Olmaota xalqaro aeroportidan amalga oshirdi[2].

2018-yil 6-noyabr kuni Olmaotada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Air Astana prezidenti va bosh direktori Piter Foster FlyArystan „bir tomondan raqobatbardosh mahalliy bozorda arzonroq aviachiptalarga boʻlgan talabni qondirsa, boshqa tomondan, Markaziy Osiyo va Kavkaz boʻylab arzon narxlardagi havo qatnovi uchun ulkan imkoniyatlarning tan olinishi“ deb aytdi.

Mukofotlari tahrir

2022-yil noyabr oyida FlyArystan SkyTrax tomonidan 4 yulduzli aviakompaniya sifatida tan olindi[3]. FlyArystan 4 yulduzli sifat sifatida baholanadigan 12 ta lou-koster aviatashuvchilardan biridir[manba kerak].

2023-yil iyul oyida FlyArystan SkyTrax tomonidan „Markaziy Osiyo va MDHdagi eng yaxshi lou-koster“ deb topildi[manba kerak]

Parvoz manzillari tahrir

 
FlyArystan parvoz manzillari (2023-yil sentyabr)[4][5]

FlyArystan Qozogʻistonning eng yirik mahalliy aviakompaniyasi boʻlib, boshqa aviakompaniyalarga qaraganda koʻproq reyslar va koʻproq oʻrindiqlarni taklif etadi[manba kerak]. FlyArystan ichki yoʻnalishda 12 ta shaharga parvozlarni amalga oshiradi va 28 ta mahalliy yoʻnalishlarni taklif etadi[manba kerak]. Aviakompaniyaning 5 ta mahalliy bazasi bor: Olmaota, Ostona, Atirau, Aqtau va Chimkent[manba kerak].

FlyArystan xalqaro reyslarni 2019-yilda boshlagan[6] va shundan beri u Qozogʻistonning bir nechta aeroportlaridan parvozlarni taklif etadi. 2023-yil sentyabr holatiga koʻra aviakompaniya Ozarbayjon, Xitoy, Gruziya, Hindiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkiya va Oʻzbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshiradi[7].

Aviaparki tahrir

 
Airbus A320-200 samolyoti Koʻkshetau xalqaro aeroportida

Joriy holati tahrir

FlyArystan 180 oʻrindiqli Airbus A320 samolyotlarining standartlashtirilgan aviaparkiga ega. FlyArystanning A320NEO samolyotlari arzon aviatashuvchi tamoyillariga muvofiq tashish hajmini maksimallashtirib, 188 oʻrindiqqa ega[8][9].

2023-yil sentyabr holatiga koʻra, FlyArystan aviaparki quyidagi samolyotlardan tashkil topgan[10]:

FlyArystan floti
Samolyot Miqdori Buyurtmalar Oʻrindiqlar Eslatmalar
Airbus A320ceo 11 - 180 8 ta samolyot Air Astana aviakompaniyasidan olingan .
Airbus A320neo 5 2[11][12] 188 Airbusdan yangidan xarid qilingan
Jami: 16 2

Aviaparkning rivojlanishi tahrir

FlyArystan 2019-yilgi Dubay aviakoʻrgazmasida 30 ta Boeing 737 MAX 8 samolyoti uchun[13] qiziqishi bildirish maktubini topshirdi.

FlyArystanning 2022-yil dekabr oyida maʼlum boʻlgan rejalariga koʻra, aviakompaniya 2023-yil oxirigacha oʻz parkini 19 ta samolyotga yetkazadi[9].

Manbalar tahrir

  1. „FlyArystan on ch-aviation“. ch-aviation.
  2. „New Kazakh low-cost carrier Fly Arystan takes off“ (English). Qaraldi: 2019-yil 10-may.
  3. Plaisted. „FlyArystan is Certified as a 4-Star Low-Cost Airline“ (en-GB). Skytrax (2022-yil 7-dekabr).
  4. „FlyArystan Online Booking“. FlyArystan (2023-yil 6-sentyabr).
  5. „Kazakhstan - trips“. Kiwi.com (2023-yil 6-sentyabr).
  6. Loh. „FlyArystan Commences International Services“ (en). Simple Flying (2019-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 6-sentyabr.
  7. „Destinations“. flyarystan.com (2023-yil 6-sentyabr).
  8. „FlyArystan presents first aircraft | CAPA“. centreforaviation.com.
  9. 9,0 9,1 AHLGREN. „Kazakh LCC FlyArystan Takes Delivery Of Its 2nd Brand New Airbus A320neo“ (2022-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 6-dekabr.
  10. „FlyArystan Fleet Details“. airfleets.net. Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.
  11. Olstad. „FlyArystan Takes Delivery of A320neo From Aviation Capital Group“ (en-US). AviationSource News (2022-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.
  12. Doran. „FlyArystan Targets Airbus A320 Routes To India And Middle East“ (en). Simple Flying (2023-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.
  13. „Boeing, Air Astana Announce Intent To Buy 30 737 MAX Airplanes - Nov 19, 2019“. MediaRoom.

Havolalar tahrir