Folarin Jerry Balogun (2001-yil 3-iyulda tugʻilgan) – professional futbolchi, Angliya Premyer Ligasining „Arsenal“ klubidan ijaraga olingan, „Reims“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Qoʻshma Shtatlarda tugʻilgan, Angliyani yoshlar terma jamoasi safini himoya qiladi.

Folarin Balogun
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Folarin Jerry Balogun[1]
Tavallud sanasi 3-iyul 2001-yil (2001-07-03) (22 yosh)
Tavallud joyi Nyu-York, AQSH
Boʻyi 1.78m[2]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Reims (Arsenaldan ijaraga olingan)
Raqami 29
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Aldersbrook
2008—2020 [Arsenal U23
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020– Arsenal 2 (0)
2022 → Middlesbrough (ijara) 18 (3)
2022– → Reims (ijara) 3 (3)
Milliy terma jamoa
2018 Angliya U17
2018 AQSH U18 4 (2)
2018—2019 Angliya U18
2020 Angliya U20 1 (0)
2021– Angliya U21 11 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-iyun uchun)

Yoshligi tahrir

Balogun Nyu-York shahrida tugʻilgan va ikki yoshida Angliyaga koʻchgan[3][4], Londonda oʻsib-ulgʻaygan[5]. Uning ota-onasi Nigeriyada tugʻilgan[6]. Balogun koʻpincha „Arsenal“ning Hale End akademiyasida oʻqigan yillarida qoʻyilgan „Flo“ laqabi bilan tanilgan.

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Balogun 8 yoshida Sunday League jamoasi hisoblangan „Aldersbruk“da oʻynab yurganida skautlar nigohiga tushganidan soʻng „Arsenal“ safiga qoʻshildi[7][8]. „Arsenal“ bilan tekshiruvdan oldin u Shimoliy London klubining raqibi „Tottenham Hotspur“ bilan sinovdan oʻtgan va ular bilan deyarli shartnoma imzolagan edi[8].

U 2019-yil fevral oyida professional shartnoma imzoladi[9].

2020-yil iyul oyida „Arsenal“ bilan yangi shartnoma boʻyicha kelisha olmaganidan soʻng, u klubdan ketish va 8 million funt sterling evaziga Brentford safiga qoʻshildi[10][11].

U Yevropa ligasidagi debyutini 2020-yil 29-oktyabrda oʻtkazdi va guruh bosqichida"Dundalk"ga qarshi oʻyinning 74-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi[12].

Birinchi golini 2020-yil 26-noyabrda Yevropa ligasi guruh bosqichida „Molde“ga qarshi oʻyinda kiritdi[13].

2021-yilning 26-aprelida Balogun klub bilan yangi va uzoq muddatli shartnomasini imzoladi[14].

Balogun Premyer-ligadagi debyutini 2021-yil 13-avgustda turnirga yangi koʻtarilgan Brentfordga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazdi[15].

2022-yilning 12-yanvarida u mavsum oxirigacha ijara asosida EFL Chempionship klubi „Middlesbrough“ga qoʻshildi[16][17][18].

2022-yilning avgustida u ijara asosida Fransiyaning „Reims“ klubiga oʻtdi[19][20].

Terma jamoadagi karyerasi tahrir

Qoʻshma Shtatlarda nigeriyaliklar oilasida tugʻilgan va Angliyada oʻsgan Balogun xalqaro miqyosda uchala davlat terma jamoasi sharafini himoya qilish huquqiga ega. Angliyada 17 yoshgacha boʻlganlar darajasida oʻynagan va 2018-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida ishtirok etganidan soʻng[21], 2018-yil avgust oyida AQShning U18 terma jamoasiga Chexiya Respublikasidagi yigʻin va turnir uchun chaqiruvni qabul qildi[22][23]. U Vatslav Jejek yoshlar turnirida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasining toʻrtta oʻyinidan barchasida qatnashgan va ikkita gol urgan[24]. Shuningdek, u garchi Angliyaning „Arsenalnikiga oʻxshash“ oʻyin uslubini yoqtirishini aytgan boʻlsa-da, Nigeriya terma jamoasida oʻynashga qiziqish bildirgan[25][26].

Karyera statistikasi tahrir

2022-yil 20-avgust holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlardagi ishtirok va gollar jadvali
Klub Mavsum Liga FA Cup EFL Cup Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Arsenal U21 2018–19 1 0 1 0
2019–20 1 0 1 0
2020–21 2 1 2 1
2021–22 2 2 2 2
Jami 6 3 6 3
Arsenal 2020–21 Premier League 0 0 0 0 1 0 5 2 0 0 6 2
2021–22 Premier League 2 0 0 0 2 0 4 0
2022–23 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 2 0 0 0 3 0 5 2 0 0 10 2
Middlesbrough (loan) 2021–22 Championship 18 3 2 0 0 0 20 3
Reims (loan) 2022–23 Ligue 1 3 3 0 0 3 3
Umumiy 23 6 2 0 3 0 5 2 6 3 39 11

Manbalar tahrir

  1. „List of Players under Written Contract Registered Between 01/07/2018 and 31/07/2018“. The Football Association. 24-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Folarin Balogun Soccerway saytida. Qaralgan sana: 9-noyabr 2020-yil.
  3. Okeleji, Oluwashina. „Nigeria yet to approach Arsenal's Folarin Balogun“. BBC News (21-mart 2019-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  4. „Mikel Arteta sends message to Arsenal contract rebel Folarin Balogun“. Metro (30-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  5. Karen, Mattias. „U.S. under-18s call up promising Arsenal prospect Folarin Balogun“. ESPN (20-avgust 2018-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  6. Critchlow, Dan. „Folarin Balogun admits he hasn't decided international allegiance: England, USA or Nigeria“. Daily Cannon (15-mart 2019-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  7. Wheatley. „Arsenal academy update: Smith-Rowe, Willock & Balogun set for breakthrough campaign“. Goal (4-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  8. 8,0 8,1 „Young Gun: Folarin Balogun“. Arsenal F.C. (12-iyul 2018-yil). Qaraldi: 29-mart 2019-yil.
  9. Abayomi. „Nigerian born Folarin Balogun signs professional contract with Arsenal“. Pulse (14-fevral 2019-yil). Qaraldi: 29-mart 2019-yil.
  10. „Folarin Balogun appears to confirm Arsenal decision on Instagram“. Metro. DMG Media (3-iyul 2020-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  11. Thomas. „Folarin Balogun: Arsenal demand £8m for Brentford target“. Sky Sports (31-iyul 2020-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  12. Smith. „'Better than Firmino!' – Arsenal fans go nuts after Mikel Arteta's Folarin Balogun decision“. Football.london (29-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  13. „Molde 0-3 Arsenal: Nicolas Pepe praised by Mikel Arteta“. BBC Sport (26-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2020-yil.
  14. „Folarin Balogun signs new long-term contract“. Arsenal F.C. (26-aprel 2021-yil). Qaraldi: 26-aprel 2021-yil.
  15. de Roché. „Folarin Balogun starts his first Premier League game for Arsenal vs Brentford“. The Athletic (13-avgust 2021-yil). Qaraldi: 13-avgust 2021-yil.
  16. „Arsenal loan striker Balogun to Boro“. BBC Sport (12-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2022-yil.
  17. „Folarin Balogun joins Middlesbrough on loan“. Arsenal F.C. (12-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2022-yil.
  18. „Folarin Balogun Joins Boro On Loan“. Middlesbrough F.C. (12-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 12-yanvar 2022-yil.
  19. „Folarin Balogun joins Stade de Reims on loan“. Arsenal F.C..
  20. Flood. „Arsenal confirm exit as clear-out continues but striker will be back“. Evening Standard (3-avgust 2022-yil).
  21. „European Under-17 Championships: England lose 6-5 on penalties to Netherlands“. BBC Sport (17-may 2018-yil). Qaraldi: 20-aprel 2021-yil.
  22. Karen, Mattias. „U.S. under-18s call up promising Arsenal prospect Folarin Balogun“. ESPN (20-avgust 2018-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.Karen, Mattias (20 August 2018).
  23. Emmanuel. „Arsenal's Nigerian Whizkid Provisionally Cap-Tied To England Selected To Represent USA“. All Nigeria soccer (20-avgust 2018-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  24. Henry Jr. „USMNT U-18s win Vaclav Jezek Tournament“. SBI Soccer (25-avgust 2018-yil). Qaraldi: 17-fevral 2021-yil.
  25. „' Don't Play For Nigeria ' – English FA To Meet With Parents Of Arsenal Nigeria U20 Target Folarin Balogun“. Own Goal Nigeria (23-mart 2019-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
  26. „Young Gun: Folarin Balogun“ (inglizcha). www.arsenal.com. Qaraldi: 3-yanvar 2021-yil.