Kreatinfosfat kislota

(Fosfo kreatindan yoʻnaltirildi)

Kreatinfosfat kislota, fosfo kreatin, fosfagen — fosforli organik modda; kreatinttt fosforlanishidan hosil boʻladigan mahsulot. Yangi muskul preparatlarida boʻlishi aniqlangan Mol. m. 211,12. Umurtqali hayvonlar va odamning muskul, nerv va boshqa baʼzi toʻqimalarida boʻladi. Suvda eriydi, spirtda erimaydi. Kreatinfosfat kislota fosfor oksixlorid (ROS13)ni ishqoriy muhitda kreatinga taʼsir ettirib olinadi. Organizmda fermentlar taʼsirida kreatin va fosfat kislotaga oson parchalanadi, ayni vaqtda koʻp miqdorda energiya ajralib chiqadi (1 gramm-molekula Kreatinfosfat kislota parchalanganda 10—15 kkal energiya chiqadi); bu energiya turli fiziologik jarayonlarga, mas, muskullarning qisqarishiga sarf boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil