Kulsum, Ummu Kulsum, asli ismi Fotima Ibrohim (1906, Misrdagi AsSanbalavin tumani — 1975.3.2, Qohira) — xonanda, arab estrada xo-vandalik sanʼati asoschisi. 1918-yil dan atoqli xonanda Abul Aldan taʼlim olgan. Arab musiqa instituti qoshidagi musiqa ansamblida (1926-yildan) va Qohira radiosida (1937-yildan) yakka-xon xonanda. 1936—46 yillarda musiqali filmlarda qatvashgan. Arab musi-qachilari uyushmasining asoschisi va raisi (1943—53). 1967-yilda uning ta-shabbusi bilan Misr ayollari xalq fronti tashqil etilgan. K. 20-asr boshida xonanda ayollar ichida keng tarqalgan bach-kana, sayoz qoʻshiqlardan voz kechib, arab maqam va muvashshaxlarning mu-rakkab yoʻllarida ijod qilgan. Yoqim-li, shirador, nozik tembr va baquvvat ovozi, yuksak mahorati bilan aytgan qoʻshiqlarning dovrugʻi oldin Misr shaharlarida, keyinchalik butun arab olamiga keng tarqaldi. Shu bois u „Kavkab ush-Sharq“ („Sharq yulduzi“) no-miga sazovor boʻldi. Shayx Zakariya Ahmad, Riyod as-Sanbotiy, Sayyid Makkaviy, Muhammad Abdulvahob kabi bastakorlar bilan birgalikda K. kashf etgan yangi xonandalik uslubida arab anʼanaviy musiqa yoʻnalishlari zamo-naviy tus olgan; uning repertuaridagi ishqiy-lirik, sufiy-falsafiy, va-tanparvarlik ruhidagi asarlar 20-asr Sharq estrada sanʼatining yorqin va-muvalariga aylangan.

Zokirjon Oripov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil