“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK tahrir

Tarixi: tahrir

1987-yil noyabr oyi boshida o‘sha paytdagi O‘zbekiston SSR aloqa vaziri tomonidan 1988-yil 1-yanvardan boshlab Davlat elektraloqa inspeksiyalari (DEI) va Samarqand texnik radionazorat stansiyasi negizida “Radioelektron vositalarning elektromagnit moslashuv markazi” davlat xo‘jalik hisobidagi korxonani tashkil etish to‘g‘risida”gi buyruq imzolandi. Bu sobiq Ittifoq Respublikalari ichida birinchi radiochastotalardan foydalanishni nazorat qilish vazifalari yuklangan tashkilot bo‘ldi.

1957-yilda Sovet Ittifoqi Vazirlar Kengashining farmoyishi bilan Davlat elektraloqa inspeksiyasi (DEI) tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi efirni nazorat qilishdan iborat edi. Xodimlar shu vazifani bajargan holda radiobezorilardan efirni tozalash, shuningdek, radiohalaqitlar manbalarini aniqlash bilan shug‘ullanishgan. Keyinchalik DEI ga radiostansiyalarni ishlatish uchun ruxsatnomalar taqdim etish huquqi ham berildi. Shu bilan birga, ikki tomonlama bo‘ysunish holati vujudga keldi. Bunda, DEI asosiy tarkibiy birliklari viloyat Aloqa ishlab chiqarish va texnik boshqarmasi tarkibiga bo‘lim sifatida kirgan bo‘lsa, tezkor boshqaruv bo‘yicha Aloqa vazirligidagi DEI bo‘limiga bo‘ysungan. Bu holat DEIning ishlash samaradorligini pasayishiga olib kelgan.

Shunday qilib, Aloqa vazirligi tarkibiga kiruvchi “Radioelektron vositalarning elektromagnit moslashuv markazi”ning yaratilishi Respublika miqyosidagi birinchi tajriba bo‘ldi va bu o‘zini-o‘zi to‘laqonli oqladi.

Markazning dastlabki yillarida uning texnik bazasi asosan harbiy qabul qilgichlardan hamda Germaniya demokratik Respublikasi tomonidan ishlab chiqarilgan selektiv mikrovoltmetrdan va UAZ 469 rusumli avtomashinalarga asoslangan “LUCH” va “LUCH M” mobil pelengatorlardan iborat edi. Shuningdek, radiochastotalar spektrining panoramali ko‘rsatuvchi yagona qurilma ET001 (Germaniya Federativ Respublikasi) Toshkent shahridagi Radionazorat punktlaridan birida joylashgan edi. O‘sha davrda korxonaning Markaziy apparati shtati 25 ta xodimdan hamda viloyat bo‘linmalarida esa 5-7 ta shtat birliklaridan iborat bo‘lib, xodimlarning umumiy soni 100 kishidan oshmagan.

O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi korxonaning yanada rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Korxona radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi tartibga solish tizimining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri sifatida mutlaqo yangi maqomga ega bo‘ldi. Keyinchalik, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi qonun ushbu holatni radiochastota organining vazifalari va funksiyalari sifatida belgilab berdi. 1992-yilda radiochastotalardan foydalanish va tarqatish sohasida asosiy regulyatorga aylanadigan Radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasi tuzildi. 1998-yilda “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, ushbu qonunda O‘zbekistonda Radiochastota spektridan foydalanishni huquqiy tartibga solishning asosiy me’yorlari, tushunchalari va tamoyillari belgilandi.

O‘tgan asrning 90–yillari - radiochastotalardan foydalanishga bo‘lgan talabning o‘z-o‘zidan o‘sishi hamda yosh korxonaning rivojlanishi va asosiy me’yoriy-huquqiy bazaning shakllanishi davri bo‘ldi. Radiochastotalarni tanlash, elektromagnit moslashuvni hisoblash va ruxsatnomalarni berish bo‘yicha ishlar hajmi sezilarli darajada oshdi, shu bilan birga, radiohalaqitlar bo‘yicha shikoyatlar soni ham kundan-kunga ortdi. Buning natijasida korxonaga 1 gigagertsdan yuqori chastota diapazonini boshqarish uchun yangi texnika kerak bo‘ldi.

Birinchi navbatda Markaziy apparat va viloyat bo‘linmalari kompyuter uskunalari va yangi transport vositalari bilan jihozlandi. 1998-1999-yillarda O‘zbekiston Respublikasining barcha radioelektron vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirildi va birinchi ma’lumotlar bazasi yaratildi. Keyinchalik u doimiy ravishda takomillashtirilib borildi. 2000-yillardan boshlab Respublika hukumati va rahbariyati ko‘magida korxonani to‘liq texnik qayta jihozlanishi boshlandi.

1999-yilning ikkinchi yarmida o‘tkazilgan tender natijasiga ko‘ra Germaniyaning “Kurt Mitterfellner GmbH” (tizim integratori va yetkazib beruvchisi) va “Rohde&Schwarz” (uskunalar ishlab chiqaruvchisi) kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik boshlandi.20 yildan ortiq davom etgan hamkorlikning sa’y-harakatlari natijasida, O‘zbekistonda texnik radionazorat va radio signallarni aniqlashni ta’minlaydigan noyob tizimi yaratildi. Bu tizim respublikaning deyarli butun hududini qamrab oldi va barcha zaruriy radiochastota diapazonlarida to‘liq monitoringni ta’minladi. Yevropaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari ishtirokida radiomonitoring tizimini qurish jarayonida chastotani tayinlashni hisobga olishning yondashuvlari va usullari, elektromagnit moslashuvni hisoblash dasturlari doimiy ravishda takomillashtirildi. Bu bir-birini to‘ldiruvchi hisoblangan ma’lumotlar va instrumental nazorat natijalari asosida qarorlarni iloji boricha aniq va samarali qabul qilishga imkon berdi.

Korxona faoliyati: tahrir

Raqamli texnologiyalari va umuman IT - texnologiyalarning jadal rivojlanishida nazorat parametrlari va usullarini doimiy ravishda takomillashtirishni va radiochastotalardan intensiv foydalanish bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni oldini olish imkonini beruvchi tizim yaratildi.

“EMMM” DUKning radiomonitoring tizimi 28 ta statsionar radionazorat va pelengatsiya stansiyalarini, shu jumladan chegara hududlarida o‘rnatilgan 10 ta so‘nggi modifikatsiyadagi ixcham stansiyalarni o‘z ichiga oladi. Bunda 24 ta mobil radionazorat va pelengatsiya komplekslari, eng zamonaviy spektr analizatorlari va test qabul qilgichlari, shuningdek, so‘nggi paytlarda dolzarb bo‘lgan uyali aloqa signallari bilan qoplash sifatini nazorat qilish raqdioaloqa uskunalari bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, korxona negizida raqamli televizion eshittirishning zaxira tizimi, shu jumladan, uchta ko‘chma avtonom radiotelevizion eshittirish kompleksi yaratildi.

Markazning muhandislik-texnik tarkibi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etadi. Respublika radiochastota kengashi bilan birgalikda radiochastota ajratmalarini xalqaro huquqiy himoya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni amalga oshiradi, bu esa efirdagi axborot xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida boshqa radiochastota organlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi.

O‘tgan yillar davomida korxona xodimlari soni 4 baravar ko‘paydi va bugungi kunda 406 nafarni tashkil etadi. Shu bilan birga, xodimlarning qariyb 65 foizi oliy ma’lumotli va yuqori malakali mutaxassislardir. 2023-yildan boshlab kadrlar zaxirasini to‘ldirish uchun O‘zbekistonning yetakchi tarmoq universitetlarida talabalarni oldindan yo‘naltirilgan sohalarga tayyorlash dasturi ishga tushirildi.

Hozirgi kunda, korxonaning sifat menejmenti siyosati ISO 9001 xalqaro standarti talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda. 2007-yil may oyida “EMMM” DUK Toshkent shahar bo‘linmalarining sifat menejmenti tizimi uchun birinchi ISO 9001:2000 XS sertifikati berilgan bo‘lib, keyinchalik korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalari sertifikatlandi. 2022-yil iyun oyida korxona faoliyati ISO 9001:2015 sertifikati bilan tasdiqlandi. Shuni ta’kidlash kerakki, “EMMM” DUK o‘z faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli har doim axborot tahdidlari xavfini kamaytirish va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha oldingi o‘rinlarda turadi. Shuningdek, radiochastota organlari bo‘linmalari, korxona muhandislari, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda bir qator noyob radiokommunikatsiya komplekslarini ishlab chiqishdi.

Korxonaning so‘nggi qo‘shma loyihalaridan biri - bu uchuvchisiz qurilmalar(dronlarni)ni aniqlash va ulardan noqonuniy foydalanishga qarshi tizim ishlab chiqish hisoblanadi. Bu tizim dronlar yo‘nalishini radar, pelengatsiya va optik komplekslar yordamida aniqlashni o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda, shahar sharoitida ushbu sinov natijalari ijobiy natija bermoqda.

Bundan tashqari, “Rohde&Schwarz” kompaniyasining so‘nggi ishlanmalaridan biri - yuqori chastotali radiomonitoring va pelengatsiya kompleksini joylashtirish bo‘yicha murakkab loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha Qashqadaryo viloyatida joylashtirilishi rejalashtirilmoqda va uning asosiy vazifasi 2000 km gacha radionazorat bilan qamrab olish radiusini ta’minlashdan iboratdir. Bunday yangi takomillashtirilgan tizim 2001-yilda Samarqandda o‘rnatilgan qisqa to‘lqinli radiomonitoring tizimini sezilarli darajada mustahkamlab to‘ldiradi. Yangi majmua radiomonitoring tizimining asosiy bir qismiga aylanadi va boshqa radiochastota organlari bilan radionazorat bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatini kengaytiradi. So‘nggi 10 yil ichida korxona jamoasi sezilarli darajada yoshardi va yuqori malakali mutaxassislarga ega bo‘ldi.

Bugunga kelib, “EMMM” DUK davlat va jamiyatning raqamli transformatsiyasi sharoitida o‘z vazifalarini samarali va izchil amalga oshirishda davom etmoqda. Korxona faoliyatining avtomatlashtirilgan jarayonlari va mahsulotlari “Elektron hukumat” loyihasi doirasida va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan boshqa raqamli loyihalarning ajralmas qismiga aylanmoqda. Hozirda “EMMM” DUK rahbariyati va butun mehnat jamoasi tomonidan radiochastota resursini himoya qilish bo‘yicha asosiy funksional vazifalar ya’ni elektromagnit moslashuv va axborot xavfsizligini ta’minlash, radioaloqa texnologiyalarini rivojlantirish va samarali ishlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda.

“EMMM”DUKning asosiy vazifalari: tahrir

• Radiochastota organi funksiyasini bajarish

• O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolar uchun mo‘ljallangan REVning ishchi radiochastotalari hamda chaqiruv signallarini berish va hisobga olish;

• O‘zbekiston Respublikasi hududida RChSning radiomanitoringi;

• Radiochastotalarni taqsimlash va berishda elektromagnit moslashuvni ta’minlash;

• REV da bo‘ladigan radioxalaqitlarni bartaraf etish;

• Radiochastotalarni berish va elektromagnit moslashuvning hisob-kitoblari ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan bazasi tizimini yuritish va muntazam takomillashtirib borish;

• RChS foydalanuvchilari tomonidan RChRK Qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;

• Xalqaro hududiy me’yorlarni, Xalqaro elektraloqa ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlarning RChSdan foydalanish sohasidagi ko‘rsatma va tavsiyanomalarini amalga oshirish.

Havolalar:
"Elektromagnit moslashuv markazi" DUK