Siyosiy iqtisod-(politicheskaya ekonomika)fanning nomi grekcha so'zdan olingan bo'lib, " politika " va " oykonomiya " so'zlarining birikmasidan iborat. " Politiya " so'zining ma'nosi " ijtimoiy tuzum " demakdir. "Oykonomiya " so'zi ikki so'zdan: " Oykos " uy, uy xo'jaligi va " nomos " - qonun so'zlaridan tarkib topgan. " Siyosiy iqtisod " fanning nomi XVII-asrning boshlarida paydo bo'lgan. Fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten (1575-1621) yillarda yashab ijod qilgan. U birinchi marta 1615-yilda " Siyosiy iqtisod traktati " nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asoslab bergan. Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yetishib chiqqan klassik iqtisodchilar bu nazariyani to'g'ri ekanligini tasdiqlab, siyosiy-iqtisodiy keng ma'noda moddiy ne'mat va ma'naviy ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to'g'risidagi fan deb yozgan edilar. Bu fanni shakllanishiga bir qancha góyaviy oqimlar, maktablar hizmat qilganlar. Ular "Merkantelizm", "Fiziokratlar" va "Klassik" maktablardir.