Abdulhamid o'g'li Bek
2024-yil 20-yanvarda qoʻshildi
Uchqo'rg'on so'zining kelib chiqshi Mog'ilistonning Konyu-Saydam vodiysida Ko'kshin urxun daryosi qirg'og'ida topilgan ,Bilga xoqon inisi Kultigin sharafiga 732-yilda yozdirgan Kultigin bitiktoshida aytilishicha Bilga xoqoning ota bobosi Bumin xoqon va Istami xoqonlar vafot etganlarida azaga kelgan turk urug'lari orasida Uchqo'riqon urug'i xam tilga olinadi.Xozirgi Uchqo'rg'on shahriga asos solgan kishilar ana shu Uchqo'rg'onliklar bo'lishi,bu nom keyinchalik sodalashib keyinchalik Uchqo'rg'on so'ziga aylanganligi ehtimoldan holi emas.Turkiy joy nomlari anchagina uchraydi..