Foydalanuvchi:Abdulla/Botsiz turkiy Vikipediyalar

Ushbu sahifada turkiy tillardagi yirik Vikipediyalardagi botlar tomonidan yoki bot mavqeʼisiz avtomatik yaratilgan maqolalar soni va ularning umumiy maqolalar soniga nisbati keltirilgan.

Diqqat: bogʻlangan turkumlardagi maqolalarning barchasini ham botlar yaratmagan, sonlar taxminan keltirilmoqda. Wikimedia Statistics saytidan olingan axborotga toʻliq tayanib boʻlmaydi, chunki a) u faqat bot mavqeʼini olganlarni hisoblaydi; b) botlar yaratgan maqolalarning ayrimlari keyinchalik oʻchirilgan boʻlishi mumkin.

Jadval tahrir

2024-yil 6-martga binoan.

Til boʻlimlari Viki Maqolalar soni Botlar yaratgan maqolalar soni (taxm.) Noavtomatik yaratilgan maqolalar soni (taxm.) Botlar yaratgan maqolalar nisbati (%) Faol foydalanuvchilar
Turkcha tr 606 401 92 000 514401 15.2 3 175
Tatarcha tt 501 192 441 000[1] 60192 88 75
Oʻzbekcha uz 259 692 117 000[2] 142692 45.1 749
Janubiy ozarbayjoncha azb 243 499 189 000[3] 54499 77.6 102
Qozoqcha kk 236 622 121 000[4] 115622 51.1 468
Ozarbayjoncha az 199 654 36 000[5] 163654 18 647
Qirgʻizcha ky 79 219 44 000[6] 35219 55.5 91
Boshqirdcha ba 63 594 28 000[7] 35594 44 73

Izohlar tahrir