Mashinasozlik sanoati


Tarmoqning dastlabki korxonalari O’zbekistonda 20 yillarda shakllandi. Metallga ishlov berish, tamirlash ustaxonalaridan iborat. Toshkentda 1927 yilda mexanika zavodi (hozirgi "Qishloqmash") ishga tushiriladi. Unda paxta tozalash zavodlari uchun asbob uskunalar ishlab chiqariladi. 1932 yil Ekskavator zavodi, -yillar oxirida "Komunar" (Andijon) "kolxozchi" (Samarqand), "bolshevik" (Qo’qon) zavodlari ishga tushirildi. Urushdan keyin irrigatsiya qurilish va paxtachilik mashinalari hamda to’qimachilik kimyo va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari uchun yangi jihozlar ishlab chiqarila boshladi. Sanoat mahsulotlarining umumiy hajmida mashinasozlik sanoatining xissasi 1997 yilda 12%ga chiqdi.


Avtomobilsozlik. Bu tarmoq bizda asosan mustaqillikka erishganimizdan keyin, shakllana boshladi. "Uzavtomash" uyushmasi 1994 yilda tuzilib hozir uning sharoitda 18ta korxona va tashkilot faoliyat ko’rsatmoqda. 1992 yilda "UzDEU" avto qo’shma korxonasi 1993 yil "avtoehtiyotqism" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ish boshladi. Samarqandda "Sam Koch-avto" ishga tushdi va yangi "UzavtoVAZ agregat" korxonalarida "LİAZ" (Rossiya) ishlab chiqarish birlashmasi bilan hamkorlikda avtobus va trolleybuslar ishlab chiqarish mo’ljallanmoqda. 1997 yilda O’zbekistonda 65 ming dona engil avtomobil ishlab chiqarildi.

Qishloq xo’jaligi mashinasozligi. Tarmoqda 20% mashinasozlikning mahsulotini ishlab chiqariladi. Sobiq İttifoq respublikalari uchun g’o’za seyalkalari paxta terish mashimnalari, paxtachilikka moslashtirilgan chopiq traktorlarining asosiy qismi 1990 yillar boshigacha O’zbekistonda ishlab chiqarilgan. Hozir mamlakatimizda juda ko’plab qishloq xo’jaligi uchun mashina va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi quyidagi korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda: TTZ, Toshqishloqmash, Agregat zavodi, "Uzitalmator", Chirchiq qishloq xo’jalikmash, Bog’dorchilik mashinasozligi zavodi, "O’zqishloqloqxo’jalikxolding" kompaniyasi bilan birgalikda 7 ta qo’shma korxona .

To’qimachilik mashinasozligi. Mahsulotlari "O’zbekto’qimachilikmash" birlashmasida ishlab chiqariladi. Birlashma tarkibida "ToshTo’qimachimash", "Qo’qonTo’qimachimash" Gagarin kukun mahsulotlari zavodi (Jizzax). Toshkent maxsus to’qimachiligi Konstruktorlik byurosi ishlab turibdi.

Radioelektronika, elektrotexnika sanoati. Tarmoq asosan urush yilarida shakllana boshladi. Kabel zavodi "Faton" (lampa, generatorlar, radiolampalar) Chirchiq transformator zavodi mahsulot berdi. Urushdan keyin "Mikont" (radiodetallar, shisha izolyatorlar) ishga tushdi. 1982 yil Algoritm (EHMlar) ishga tushdi. Undan keyin "Zenit", so’ngra bu zavodda qo’shma korxona (Jan.Koreyaning "Goldstar" firmasi bilan videomagnitafon va videopleyerlar, Xitoyning Sintsiyan radio zavodi bilan hamkorlikda rangli telivizorlar ishlab chiqarila boshladi. Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotning 80-90% eksport qilinadi va 20dan ortiq boshqa mamlakatlar (Jan.Koreya, AQSh, Turkiya, Rossiya, Singapur) firmalari bilan qo’shma korxonalar barpo etilagan.

Samolyotsozlik. O’zbekistonda urush yillari jangovor samolyotlar ishlab chiqarilgan Toshkent aviayiya zavodi 1941 yilda barpo etilagn, zavodda İL-14, AN-22, İL-76, İl-114 samalyotlari ishlab chiqariladi. 1996 yildan "Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi" davlat AJ deb ataladi.

Yog’ochsozlik sanoati. Ushbu tarmoq xunarmandchilikning bir qismi sifatida rivojlanadi. ©g’ochni tilish, qirqish, yo’nish, randalash, parmalash, o’ymakorlik, egar, sandiq, beshik, panjara, aravasozlik kabi juda ko’p tarmoqlar bo’lgan.


Shaharlarda sanoat kombinatlarining yirik tsexlari bazasida yog’ochsozlik korxonalari (qurilish detallari, dereza, eshik boloklari tayyorlash) tashkil etildi. 60-70 yillarda "O’zbekyog’ochqurilish", "O’zqurilishyog’ochsanoati" boshqarmalari barpo etilib, uning negizida ko’pgina takomillashgankorxonalar (Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi, İtaliya, Germaniya, Shvetsiya firmalari bilan hamkorlikda) "Toshkent" yog’ochsozlik birlashmasi (parket, eshik, rom) Toshkent quyoshdan himoya uskunalari, DSP ishlab chiqaruvchi zavodlar va boshqalar faoliyat ko’rsatadi. Mamlakatimizda yog’och xom ashyosi taqchilligi tufayli yog’ochsozlik sanoatidagi mavjud quvvatlarning yarmidan foydalanilmoqda. Shuning uchun 1994 yil Vazirlar Mahkamasi "Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o’suvchi yog’ochbop daraxtzorlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to’g’risida" qaror qabul qildi. Qarorda yaqin kelajakda har yili 5 mln metr kub sanoatbop va qurilish yog’ochi tayyorlash rejasi belgilangan.

Qurilish materiallari sanoati. O’zbekistonda ko’p tarmoqli qurilish materiallari sanoatiga ega. Tsement, azbest- yement, devorbop materiallar, yumshoq yopg’ich va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy sharoitlardan qoplama materiallari, noruda qurilish materiallari, qurilish keramikasi, issiqlik izolyatsiyasi materiallari, ohak, gips, bog’lovchi materiallar va ulardan buyumlar, sanitariya-gigiena jihozlari, polimer xom-ashyodan qurilish materiallari va buyumlar temir-beton konstruktsiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari bor. Jami 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi. O’zbekistonda 1997 yilda 3.3 mln tonna tsement shiferlari, 5.2 mln kv metr deraza oynalari, 1 mln kv metr linolium ishlab chiqarildi.


Tsement sanoati. Respublikamizda 1913 yilda Xilkovo (Bekobod) tsement zavodi, 1927 yilda Quvasoy tsement zavodi ishga tushirildi. 1947 yil Angren, 1962 yil Ohangaron, 1977 yil Navoiy tsement kombinatlari ishga tushdi. Tabiiy tosh (marmar, granit)lardan mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlangan. Bular sobiq İttifoqning katta-katta shaharlarni bezashda metro stantsiyalarida ishlatilgan. Manbalari: G’azg’on, Pangor, Sevasoy, Chorkesar (granit), Chust (trovertin).

Engil sanoat Asr boshlarida Respublika engil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat bo’lib, yalpi sanoat mahsulotining 4/5 qismi shu sohaga to’g’ri kelgan. Hozirgi kunda tarmoq tarkibida paxta tozalash zavodlaridan tashqari to’qimachilik, trikotaj, shoyi to’qish, tikuvchilik, kon-poyafzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari ishlab chiqarish sohalarida 142 korxona mavjud bo’lib unda 300 mingdan ortiq kishi faoliyat ko’rsatmoqda va jami sanoat mahsulotining 17.6% bermoqda.

Paxta tozalash sanoati Engil sanoat tarmog’ining asosiy bo’g’ini bo’lib, mahsuloti (paxta tolasi) 40dan ortiq mamlakatlarga eksport qilindi. O’zbekistonda 130ta paxta tozalash zavodi bo’lib ularda har yili 1.5 mln tonnadan ortiq paxta tolasi, 100 ming tonnadan ortiq lint, 2.5 mln tonna chigit, 200 ming tonna urug’lik chigit ishlab chiqariladi. 1992 yildan "O’zdavlatpaxtasanoatsotish" davlat aktsiyadorlik uyushmasi tashkil etilib uning tarkibida 12 viloyat va Qorqalpog’iston Respublikasi paxta tozalash sanoat birlashmasi "Toshkent Kanop zavodi" birlashmasi, Respublika ilmiy markazi faoliyat ko’rsatmoqda.

To’qimachilik sanoati. Bu tarmoq uzoq tarixga ega. Tayyorlangan gazmollar (atlas, beqasam, baxmal, olacha) o’rta asrlarda Buyuk İpak yo’li orqali Evropa va Yaqin sharq mamlakatlariga chiqarilgan, ammo sanoat usulida gazmollar ishlab chiqarish 20-yillardan boshlandi. 1930 yilda Farg’ona to’qimachilik, 1932 yil Toshkent to’qimachilik kombinati qurila boshlandi. Keyinchalik Buxoro, Andijon, Popda yirik korxonalar, Xivada gilam kombinati qurildi. Hozir O’zbekistonda 4 ta yirik kombinat, 30-dan ortiq yigruv-tikuv fabrikasi ishlab turibdi. Keyingi pytlarda chet el firmalari bilan (AQSh, Turkiya, İtaliya, Pokiston, Hindiston, Koreya va boshqalar) birga qo’shma korxonalar tashkil etildi va etilmoqda. İpakchilik sanoati. O’zbekistonda qadimdan Namangan, Marg’ilon, Qo’qon, Buxoro kabi shaharlar shoyi ishlab chiqarish markazlari bo’lgan. Hozir O’zbekistonda 9 ta yirik pillakashlik fabrikasi va uning 12 ta shaxobchasi ishlab turibdi. O’zbekistonda trikotaj, tikuvchilik, ko’n-poyafzal tarmoqlari ham yaxshi rivojlangan. Trikotaj-Toshkent, Samarqand, Buxoro, Andijonda yirik korxonalarga ega. Tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmalari va 40dan ortiq shahobchasi ishlab turibdi.

Poyafzal tarmog’i. Toshkent, Yangiyo’l, Chirchiq, Qo’qon, Farg’ona yirik korxonalar, Pop rezina poyafzal fabrikasi, "Farg’onapoyafzal" aktsiyadorlar jamiyati bilan Germaniyaning "Salamander" firmasi ishtirokida "Uzsalaman" qo’shma korxonasi barpo qilindi.


Chinni-fayans sanoati. 1952 yilda Toshkent chinni zavodi, 1970 yilda Samarqand, 1977 yilda Quvasoy chinni zavodi ishga tushirildi. Angren keramika kombinatida fayans sopol mahsulotlari ishlab chiqariladi. Kanop sanoati. Korxonalar Toshkent viloyatida joylashgan, chunki xom-ashyo bazasi bo’lib Quyi, Yuqori va O’rta Chirchiq tumanlari hisoblanadi. Mahsulotlari: tola, kongazlama, arqon, kabel ipi va boshqalar. Oltita yirik zavod yiliga 20 ming tonna kanop poyasini qayta ishlash quvvatiga ega.

Mebel sanoati Hozir Respublikamizdagi barcha mebel sanoati korxonalarini boshqaradigan "O’zbekmebel" davlat aktsiyadorlar birlashmasi barpo qilingan. Uning tarkibida 26 ta mebel ishlab chiqarish tijorat shirkati 13 ta mebel fabrikasi, 3 ta mebel ishlab chiqarish birlashmasi, 6 ta mebel birlashmasi, "O’zbekqog’oz" ijara korxonasi, mebel ko’zgusi korxonasi, yog’och kesish stanoklari zavodi, firma magazinlari va boshqalar mavjud.

Oziq-ovqat sanoati Tarmoqda asosan mahalliy xom-ashyoni ishlanadi. Tarmog’da umumiy sanoat mahsuloti hajmini 9.8% ishlab chiqariladi va 100 mingga yaµin kishi band. Tarmoq tarkibida go’sht-sut, yog’-moy, un-yorma, baliq mahsulotlari, makaron, meva-sabzavot konservalari, qandolat, choy qadaoqlash, uzum va shampan vinosi, spirt, aroq tamaki, pivo, chanqoqbosar ichimliklar, sovun va boshqa mahsulotlar mavjud. Respublika mustaqillikka erishilgandan keyin oziq-ovqat sanoatida chuqur tashkiliy va iqtisodiy islohatlar amalga oshirdi, ko’pgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarib, ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirldi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, go’sht-sut, don mahsulotlari va boshqa vazirliklar tugatilib "Oziq-ovqat sanoati" va "©g’-moytamakisanoat" uyushmalariga, "O’zgo’shtsanoat" dalat aktsiyadorlik uyushmasi, "O’zDONmahsulot" davlat aktsiyadolik korporatsiyasi, "O’zbaliq" davlat aktsiyadorlik korporatsiyasi tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi vazirligi tarkibidagi "O’zparrandasanoat" respublika ishlab chiqarish birlashmasi, "O’zbekbirlashuv" tarkibidagi oziq-ovqat sanoati korxonalari ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarigaaylantirildi. Korxonalarda yangi zamonaviy texnologiya va uskunalar o’rnatilmoqda. Aholi ehtiyojlarini respublikaning o’zida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan qondirish choralari ko’rilmoqda. Chunki hozir respublika importida oziq-ovqat mahsulotlari hissasi yuqori bo’lib kelmoqda (19.5%). O’zbekistonda 1997 yilda 32.9 ming tonna go’sht va go’sht mahsulotlari, 90 ming tonna sut, 3 ming tonna hayvon va 276 ming tonna o’simlik yog’i, 133 ming tonna yorma, 54 ming tonna makaron mahsulotlari, 542 ming tonna non va non mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Go’sht sanoati. O’zbekiston aholisini 1930 yilarga qadar go’sht bilan mayda va tarqoq qassobxona va qulixonalar taminlab kelgan. Go’sht sanoati respublika xalk xo’jaligi rejasiga alohida tarmog’i sifatida 1932 yilda kiritilgan. Shu yil Toshkent, Samarqand, Andijon, Buxoro, Kattaqo’rg’on, Termiz, Qarshi, Qo’qon shaharlaridagi 8 ta shahar qassobxonasi, Samarqand va Buxorodagi muzxonani birlashtirgan "O’zgo’shtsanoat-sovitish" tresti tashkil etildi. Keyinchalik bu trest tarkibiga olmaliq, Chirchiq, Namangan, Yangiyo’l


shaharlaridagi go’sht xonalar, Xo’jayli, Urganch mol so’yish punktlari va Toshkent muzxona kombinati ham kiradi. 1965 yilda Respublika go’sht va sut sanoati vazirligi tashkil etildi. Ko’pgina shaharlarda go’sht kombinatlarida yuqori o’uvvatga ega kolbasa tsexlari qurildi, korxonalarda yangi texnologiyalarni qo’llash asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari ko’paydi. Respublika hozir o’zining mustaqil va etarli xom-ashyo bazasiga ega. Tarmoqdagi o’sish respublikada chorva mollari bosh sonini saqlab qolish va ko’paytirishga erishilgan holda taminlanmoqda va Turkiya, Germaniya firmalari bilan hamkorlmikda suyakni qayta ishlash, ichak mahsulotlari tayyorlash, go’shtni qadoqlash bo’yicha tadbirlar amaloga oshirilmoqda. Sut sanoati. Tarmoq korxonalarida sut-qatiq, saryog’, sut konservalar, quruq sut, pishloq, birinza, qaymoq, muzqaymoq, kazein va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. O’zbekistonda birinchi sut zavodi 1928 yilda ishga tushirilgan. Sut sanoati korxonalarida bolalar uchun sut mahsulotlari (Toshkent, Samarqand, Namangan sut kombinatlari, buzoqlar uchun suniy sut(Namangan, Denov, Shahrixon sut kombinatlari)) ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Texnik kazein chet ellarga chiqarilmoqda. Jizzax va Navoiy sut kombinatlarida Gretsiya va Germaniya firmalari bilan hamkorlikda kazein ishlab chiqarish qo’shma korxonalari qurildi. Korxonalar xorijiy texnologiya, qadoqlash avtomatlari bilan jixozlanmoqda. "O’zgo’shtsutsanoat" uyushmasi tarkibida 37 sut korxonasi 118 sut qabul qilish punktlari ishlaydi. Uyushma tarkibidagi "O’zmaxsusavtotrans" birlashmasi 2.5 mingdan ortiq avtomobil, avtorefrejirator, sut va yuk tashuvchi mashinalarga ega.

Yog’-moy sanoati. Bu tarmoqda hozirgi kunda yillik quvvati 3 mln.t. moyli o’simlik urug’larini qayta ishlaydigan 19 ta korxona ishlab turibdi. Bu korxonalarda yog’, mayonez, margarin mahsulotlari, kirsovun, atirsovun, texnika moyi va boshqalar ishlab chiqariladi. Xom- ashyo sifatida chigit, raps, zig’ir masxar urug’i, soya, meva danaklari ishlatiladi. Tarmoqda oziq-ovqat sanoati umumiy mahsuloti xajmining 40%ga yag’in beradi. Paxta moyi eksportga ham chiqariladi. Toshkent, Qo’qon, Farg’ona, Kosonsoy, Guliston, Kattaqo’rg’on, Denov, Urganch, Andijon, Yangiyo’l shaharlarida yog’-moy kombinatlari va yog’ ekstraktsiya zavodlari ishlab turibdi. Tarmoq korxonalari xorijiy firmalar uskunalari bilan jixozlanmoqda va bunda " Alfa-Laval" (Shvetsiya) Krupp, Sket (Germaniya) "Jen-Braun", "Korver", "Kraun" (AQSh), "Bolistra" (İtaliya) hamda Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermoqda.

Elevator sanoati. O’zbekiston o’zining g’alla mustaqilligni dasturini amalga oshirishga kirishi bilan Respublikada don mahsulotlarini etishtirish ko’paydi. 1997 yilda bizda 3,8 mln.t. don etishtirildi. Qurilayotga va qayta jihozlanayotgan elevatorlar avtomatik dispecherlik boshqaruv sistemalari g’alla xaroratini avtomatik holda masofadan o’lchaydigan qurilmalar bilan jihozlangan. Barcha viloyatlarda joylashgan elevatorlar soni 45 taga etdi, ularning sig’imi 4,5 mln.t. g’allaning 65%i elevatorda saqlanadi.

Un tortish sanoati. XIX asrning ohirlarida O’zbekistonda zavod tipidagi un tortish korxonalari paydo bo’ldi. 1956 yilda "Uzdontayyorlov" negizida Respublika don mahsulotlari vazirligi


tuzildi, 1992 yilda "Uzdonmahsulot" kontserni, 1994 yildan davlat aktsiadorlik korporatsiyasiga aylantirilgan. Keyingi yillarda sutkasiga 120 dan 500 tonnagacha don tortadigan 23 ta korxona qurildi. G’alla mustaqilligni tamirlash dasturi amalga oshirishi bilan ilgarigi g’allani chetdan olib kelib ishlaydigan korxonalar mahalliy don mahsulotlari bilan taminlanmoqda. Hozirgi "O’zdonmahsulot" korporatsiyasi tarkibida 9 navli un, manniy yormasi ishlab chiqaradigan 52 zavod mavjud ularning 17 tasi zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan.

Non sanoati O’zbekistonda sanoat usulida non pishiradigan birinchi korxona Toshkent non zavodi 1929 yilda ishga tushgan. Keyinchalik yirik shaxarlarda (Toshkent, Nukus, Jizzax, Angren, va b.) yirik non zavodlari va nonvoyxonalar qurilib ishga tushirildi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin non sanoati korxonalarini zamonaviy uskunalar bilan jixozlash non turlarini ko’paytirish yo’nalishlarida muxim ishlar amalga oshirildi. Non sanoati korxonalarida nonning 300 dan ortiq turi tayorlanadi. Konserva sanoati Bizda bu tarmoqda asosan meva va sabzavotlardan konservalar ishlab chiqariladi. Tarmoq korxonalari hozir asosan "O’zmevasabzavotuzumsanoatxolding" kompaniyasi tarkibiga kiradi. Korserva mahsulotlari ishlab chiqarishda "O’zbekbirlashuv"ning ulushi ham salmoqli. Bu tizimda 28t konserva zavodi bor. Konserva mahsulotlari Polsha, Germaniya, İtaliya, Yaponiya, Malayziya kabi mamlakatlarga eksport qilinadi. Respublika sanoati korxonalari yiliga 12 mlrd shartli banka mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. 50 dan ortiq agrofirma ishlaydi. "O’zbaliq" korporatsiyasi korxonalarida dudlangan baliq, Mqynoq baliq konserva kombinati chetdan olib kelinadigan xom ashyodan turli baliq konservalari (8.6 mln shartli banka baliq konservasi ishlab chiqaradi).

Qand sanoati. Urushgacha bir necha qand zavodlari faoliyat ko’rsatgan. Urushdan so’nggi ixtisoslashuv o’zgarib, aholi ehtiyoji asosan chetdan keltirilgan qand mahsulotlari hisobiga qonlirilgan. Mustaqillikdan keyin tarmoqni rivojlantirishga katta etibor berildi. Respublikaning qzida qand lavlagi etishtirish imkoniyatlari kengligi tufayli quriladigan qand-shakar zavodlarida, qand-lavlagi xom-ashyosidan shakar olish texnologiyasi tanlandi. 1995 yil Turkiya firmalari bilan hamkorlikda Xorazm viloyatida Xozarasp tumanida qand-shakar zavodi qurib bitkazilib, sutkasiga 3000 t qand lavlagi qayta ishlanadi. Bundan tashqari qand lavlagini qayta ishlovchi zavodlar qurish uchun Frantsiya, Xitoy va Misr firmalari bilan shartnomalar imzolangan.

Qandolatchilik sanoati. Bizda qadimgi qandolatpazlar uzum, tut shirasidan shinni asal, turli mevalarning shiralari, kunjut, un, o’rik magizi, yong’oq va boshqalardan xolva, novvot, pashmak, parvarda, nisholda, murabbo tayyorlaganlar. Hozir respublikada sanoat usulida 1000 dan ortiq turda qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yirik korxonalar Toshkent, Yangiyo’l, Samarqand, Namanganda joylashgan. "O’zbekbirlashuv" korxonalarida 15% qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Respublikaga chetdan qandolat mahsulotlari keltirish yildan-yilga kamaymoqda.



Vino sanoati.

 Qadimda bizda musallas, sirka, bo’za kabi ichimliklar tayyorlangan. Rossiya 

Turkistonni bosib olganidan keyin Toshkentda İ.İ. Pervushin, Samarqandda D.Filatov vino zavodlari paydo bo’ldi. Rossiyadan ko’plab aholi ko’chib kelgandan keyin vinoga bo’lgan talab keskin ortdi. Hozir tarmoq korxonalarining aksariyati "O’zbekmevasabzavotuzumsanoat" xoldiing kompaniyasi tarkibida. Mahalliy xom ashyoda ishlaydigan korxonalar Respublikaning barcha viloyatlarida bor. Respublikada tarmoqqa tegishli 56 korxona bor. Eng yiriklari: "Toshkentvino", "O’zbekiston shampani" (Toshkent), "Zarafshon" (Samarqand), "Gulbuloq" (Andijon), "Mastona" (Qo’qon), "Shohruh" (Buxoro) va boshqalar. "Toshkentvino" kombinatida Angliyaning "Kriston" firmasi bilan hamkorlikda bir smenada 25 ming shisha Shotland viskisi ishlab chiqaradigan qo’shma korxona tashkil etilgan. Shuningdek, İtaliya, Germaniya, İspaniya firmalari bilan birgalikda qo’shma korxonalar mavjud. Mahsulotlarning ko’p qismi eksport qilinadi.

Pivo va alkogolsiz ichimliklar sanoati. Tarmoqda yiliga 18 mln. dal. Pivo, 19 mln.dal. alkogolsiz ichimliklar va 380 mln. shisha mineral suvi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan 16 ta yirik korxona bor. Qo’shma ("Koka-kola – LTD" AQSh), "O’zbekParpe" (Hindiston) va boshqa korxonalar barpo qilindi. Tuz sanoati. Qoraqalpog’iston (Qo’ng’irot) va Surxondaryo (Xujaituzkon) korxrnalarida yiliga 250-300 ming tonna tuz ishlab ishlab chiqarilmoqda.

Choy sanoati. Bizda asosan chetdan kelgan xom-ashyo asosida qadoqlash korxonalari mavjud bo’lib, yiliga o’rtacha 12 ming tonna choy qadoqlanadi. Mustaqillikdan keyin zamonaviy dastgohlar bilan jixozlangan korxona va qushma korxonalar soni ko’paydi.


Tamaki sanoati. Tarmoq korxonalari Toshkent (UzBAT) Samarqand, Urgutda. Har birining yillik quvvati 25 ming tonna tamaki.

Sintetik kovish vositalari sanoati. Bu tarmoq korxonalari asosan Toshkent, Olmaliq, Chirchiqda joylashgan bo’lib, "Uzmaishiykimyo" birlashmasiga qarashli bo’lib, turli maxsulotlar ishlab chiqariladi. Asosiy tayanch tushunchalar

Agrofirma – muayyan turdagiqishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish va uni sanoat usulida qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxona. Ekstensiv iqtisodiy o’sish - qo’shimcha ish kuchi ishlab chiqarish vositasi va resurslarini jalb qilish xisobiga, yani mehnat va moddiy resurslarni ko’proq qo’llsha xisobiga o’sish. Bunda oddiy mehnat sarflari qisqarmaydi, mehnat unumdorligi oshmaydi. Miqdoriy o’sish. İntensiv iqtisodiy o’sish – ishlab chiqarish ko’lami, chratilgan mahsulotlar va xizmatlar xadmining resurslarni tejamli ishlatish xisobidan oshib borishi, ular sifatini yaxshilanishi. Sifat o’sish. Mehnat unumdorligi – malum vaqt (soat, sutka, oy, yil) ichida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori bilan o’lchanadi. Asosiy fondlar – ishlab chiqarish vositalari, ular joylashgan binolar. Aylanma fondlar – pul, xom ashyolar.


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar

1. Sanoat tarmoqlari qanday guruxlarga bo’linadi? 2. Undiruchi sanoat tarmoqlari qaysilar? 3. Qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari? 4. Agrosanoat majmua qaysi tarmoqlarni o’z ichiga oladi? 5. ©qilg’i-energetika majmuiga kiruvchi asosiy tarmoqlarni tariflang? 6. Mustaqillik yillarida sanoatimizda qanday yangi tarmoqlar vujudga keldi? 7. Sanoat tarmoqlari tuzilmasini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari qaysilar? 8. O’zbekistona eng sifatli ko’mir qaysi konda qazib olinadi? 9. Tabiiy gaz qazib olinadigan provintsiyalarni ayting va eng ko’p miqdorda qaysi provintsiyada ishlab chiqariladi? 10. Mustaqillik davrida engil sanoat tarmoqlarida qanday o’zgarishlar yuz berdi?

Katalog: wp-content -> uploads -> 2016 2016 -> M 29 ottobre 2016 m abbasanta (Oristano) 2016 -> Mathieu alex 2016 -> Ўзбек адабиёти кафедраси 2016 -> Judo most Medals 2016 -> Zero crash deaths and serious injuries 2016 -> Касбий-ижодий ва ижодий имтихон баллари 364 Тошкент Тиббиёт Академияси 2016 -> №/№ п/п Фамилия, Имя, Отчество. Сертификат номер 2016 -> Абитуриентларнинг бино ва гуруҳлар бўйича умумий рўйхати