Foydalanuvchi:Abdusamadnurmatov/qumloq
Kogon shahar kasb-hunar maktabi Buxoro viloyati Kogon sharhida joylashgan professional ta'lim muassasasi.Ushbu ta'lim muassasasi shahardagi yagona professional ta'lam muassasasi hisoblanadi.
Manzili: Kogon shahri, “Arabxona” MFY. Xalqlar do‘stligi 10 uy.
Hududi: 3,3 gektar.
Quvvati: 720 o‘rin.
Ta’lim davomiyligi: 2 yillik.
Kasb-hunar maktabiga o'quvchilar 9-sinfdan qabul qilinadi, hamda 2-yil davomida tanlagan yo'nalishlari bo'yicha ilm beriladi.
Muassasa 4 ta o'quv binosidan tashkil topgan.
Tarixi
tahrir1967-yil ta'lim muassasasi professional texnika bilim yurti sifatida tashkil topgan.
2001-yilda Kogon shahar transport kasb-hunar kollejiga o’zgartirilgan.
2020-yilda kollej faoliyati tugatilib, Kogon shahar kasb-hunar maktabiga aylantirildi.
Yutuqlar
tahrirFaoliyati davomida ta'lim muassasasi bir qator yutuqlarga erishgan. Jumladan:
-Mamlakatimizda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida O’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi o’quvchilari o’rtasida o’tkazilgan “Siz qonunni bilasizmi” ko’rik-tanlovida Respublika bosqichida faxrli I-o’rin.(2018 yil)
-Buxoro viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Yosh payvandlovchi” , “Yosh tikuvchi” , “Yosh avtomobil chilangari” kasblari bo’yicha tashkil etilgan ko’rik- tanlovlarda faxrli o’rinlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan (2018-2019 yillar)
-O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilgan kun munosabati bilan viloyatda o’tkazilgan “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani bo’yicha eng ilg’or ta’lim muassasi tanlovi”da viloyatda faxrli I-o’rin. (2019 yil)
-Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” sport musobaqasida viloyatda faxrli II-o’rin. (2023 yil)
-Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Quvnoq startlar” sport musobaqasida viloyatda faxrli III-o’rin.(2023 yil)