Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yildan 3-yanvar 1501-yilgacha umr koʻrgan) — oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi[1][2][3]. Gʻarbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi.

Alisher Navoiy chigʻatoycha: علیشیر نوایی‎

Alisher Navoiy miniatyurada, XVI asr boshlari Tavalludi 9-fevral 1441-yil Hirot, Temuriylar imperiyasi Vafoti 3-yanvar 1501-yil (59 yoshda) Hirot, Temuriylar imperiyasi Fuqaroligi Temuriylar imperiyasi va Greater Khorasan Kasbi Davlat arbobi, faylasuf, shoir, yozuvchi Alisher Navoiy Tarixchi Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.

Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469-yilda) mansabiga, vazirlik (1472-yilda) va Astrobod hokimligi (1487-yilda)ga tayinlanadi. 1480–1500-yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.